Breaking News

Senatda impichment tinglovlari boshlanmoqda


Xalqaro hayot - 2020-yil, 20-yanvar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00

Shu hafta AQSh Senatida Prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayoni boshlanadi. Quyi palatada impichmentga uchragan Tramp endi Senatda sud qilinadi.

16-yanvar kuni Oliy sud raisi Jon Roberts Prezident Trampni impichment qilish jarayonida hakamlar hay’ati sifatida qatnashadigan senatorlardan qasamyod qabul qildi.

Senatorlar xolis bo’lishga ont ichdi, ammo respublikachilar sardorining avvalroq Oq uy bilan birgalikda ishlashini tan olgani noroziliklarga sabab bo’lgan edi.

“Tasavvur qiling, siz hakamsiz. Sudya xonaga kirib, men ayblanuvchi bilan maslahatlashib, unga qarshi birorta guvoh keltirilishiga qarshiman, birorta hujjat ko’rsatilishiga yo’l bermayman, desa. Hech qanday hakam sudyadan bunday narsani eshitmagan, chunki bu mantiqsizlik”, - dedi demokrat qonunchi Adam Shif.

Tramp Ukraina prezidenti bilan bo’lib o’tgan telefon muloqotida noqonuniy ish qilmaganini aytishda davom etmoqda. Demokratlar uni Kongress ma’qullagan 400 million dollarlik yordamni siyosiy maqsadlar yo’lida Ukrainaga bermasdan ushlab turganlikda ayblamoqda. Prezident himoyachilarining aytishicha, impichment boshlashga hojat yo’q edi, chunki bu yordam keyinroq hech qanday shartlarsiz Kiyevga berilgan.

“Jinoyat uchun ayblov e’lon qilinadi. Sud sizga jinoyat alomati mavjud bo’lmagan narsa uchun ayblov e’lon qildi, deb tasavvur qiling. Bu yerda xuddi shu narsa bo’lyapti. Sizda dalil ko’p, shubhali dalillar. Vakolatni suiiste’mol qilish bo’yicha impichment e’lon qilinyapti. Aslida impichmentning konstitutsion ta’rifida bu narsa yo’q”, - dedi Tramp huquqiy himoyachisi Alan Dershovits.

Demokratlar Senatdagi tergovga guvohlar jalb qilinishini talab qilmoqda. Respublikachilar esa bunga hojat yo’qligini aytmoqda. Respublikachilar ustun Senatda prezidentning impichment qilinishi ehtimoli juda kam.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG