Breaking News

O’nlab sun’iy yo’ldoshlar geomagnit bo’ron natijasida ishdan chiqdi


Fazo yangiliklari: Geomagnit bo’ron, Apollo, Veneradan suratlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

“SpaceX” kompaniyasi uchun o’tgan hafta noxush xabar bilan boshlandi. Internet xizmatini yo’lga qo’yish uchun yaqinda uchirilgan 49 ta “Starlink” suni’iy yo’ldoshlarining 40 tasi geomagnit bo’roni natijasida ishdan chiqqan.

Puerto-Rikodagi astronomiya markazi yozib olgan videoda sun’iy yo’ldoshlar Yer atmosferasiga qayta kirayotganini ko’rish mumkin.

“SpaceX”ning tushuntirishicha, kuchli geomagnit bo’ron sababli atmosfera zichlashib, apparatlar manziliga yeta olmagan. Ularning to’qqiztasi omon qolishi kutilmoqda. Kompaniyaga ko’ra, qolganlari atmosferaga kirayotganda yonib ketadi, odamlarga tahdid solmaydi.

Bu orada, AQShda “Apollo 16” parvozining 50 yilligi nishonlanmoqda. Bu astronavtlarni Oyning tadqiq etilmagan qismiga qo’ndirish va Yerga qayta olib kelish bo’yicha beshinchi missiya edi. O’shanda yangi lunoxod ham sinab ko’rilgan. Astronavtlar Oydan 95 kilogramm namunalar to’plab, ultrabinafsha kamera bilan eksperimentlar o’tkazgan.

“Apollo 16” ekipaji kapsulasi bugun Alabama shtatidagi Kosmos va raketa markazida ko’rgazmaga qo’yilgan. 50 yillik yubiley oldidan uni tozalash ishlari ketmoqda.

“Bu tariximizning bir bo’lagi. Insoniyat undan keyingi bir necha yilda emas, asrlar davomida bahramand bo’lishi kerak. O’sha davrda kosmik dasturning eng katta yutuqlaridan biri bo’lgan”, - deydi astrobiolog Richard Xuver.

Bu loyiha ustida ishlayotganlar deydiki, yoshini hisobga olganda kapsula “yaxshi saqlangan”. Ayniqsa minglab sayyohlar yillar davomida unga yaqinlasha olgani, tegingani hisobga olinsa.

“Hozir kapsula oyna ortida, lekin germetik tarzda yopilmagan. Bu muhim, chunki havo aylanishini butunlay to’sib qo’ysa bo’lmaydi. Shu bois ba’zida apparat ichiga hasharotlar, boshqa narsalar kiradi. Muzeyga keladiganlar ham narsa tashlaydi”, - deydi muzey kuratori Ed Styuart.

49 ta sun'iy yo'ldosh ortilgan "Falcon 9" raketasi Floridadan 3-fevral kuni uchgan edi:

Ko’rgazma maydoni vizitka, qalam, pul, qoshiq va pomada kabi tashlangan buyumlardan tozalanmoqda. 16-aprelda nishonlanadigan 50 yillik yubileygacha kapsula a’lo ko’rinishga ega bo’ladi, deydi mutaxassislar.

Nihoyat, shu hafta AQSh Fazo agentligining Quyoshni kuzatuvchi zondi eng issiq planeta, Veneraning yorug’likda olingan suratlarini jo’natdi. Videoga o’girilgan bu tasvirlarda sulfat-kislota bulutlari qurshovidagi bu sayyoraning kontinental hududlari va tekisliklarni ko’rish mumkin.

Parker zondi Venera atrofidan ikki marta uchib o’tib, suratlarni maxsus WISPR kamerasi bilan olgan. Ular olimlarga sayyora geologiyasi va mineral tarkibi, shuningdek, atmosferasiga vulqonlar qanday ta’sir qilganini o’rganishda yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG