Breaking News

Gaaga: Media erkinliksiz demokratiya bo'lmaydi


Demokratiya sammmitining bir qismi Gaagada o'tdi. Unda AQSh Global Media Agentligining rahbari Amanda Bennett ham ishtirok etdi. "Amerika Ovozi" va "Ozodlik" teleradiolari shu agentlik nazorati ostida. 30-mart, 2023.
Demokratiya sammmitining bir qismi Gaagada o'tdi. Unda AQSh Global Media Agentligining rahbari Amanda Bennett ham ishtirok etdi. "Amerika Ovozi" va "Ozodlik" teleradiolari shu agentlik nazorati ostida. 30-mart, 2023.

30-mart kuni Gaagada AQSh, Kosta Rika, Janubiy Koreya, Zambiya va Niderlandiya birgalikda boshqargan Demokratiya sammitining bir qismi sifatida media erkinlik va bugungi jurnalistika muhokama qilindi. Avtoritarizm axborotga qanchalik tahdid solayotgani, repressiv tuzumlar dezinformatsiya orqali o'z siyosatini targ'ib qilayotgani muhokamada bo'ldi.

Bu anjuman kuni Rossiya amerikalik jurnalistni ushlab, so'roq qilgan. Xitoy va boshqa ko'plab mamlakatlarda matbuot, mahalliy va xorijiy muxbirlar va muharrirlar, doimiy tazyiq ostida.

AQSh Global Media Agentligining rahbari Amanda Bennett ham forumda ishtirok etdi. "Amerika Ovozi" va "Ozodlik" teleradiolari shu agentlik nazorati ostida.

Bennett deydiki, erkinlik va mustaqillik uchun, qolaversa dezinformatsiyaga qarshi eng ma'qul chora ishonchli axborotdir.

Yevropa Jurnalistlari federatsiyasi bosh kotibi Rikardo Gutierrez ham shunday fikrda. Sifatli va etik jurnalistika eng effektiv usul, deya ta'kidlaydi u.

2022-yilda global maydonda matbuot erkinligi yanayam toraygan. 17 yildirki, bu borada pasayish kuzatiladi.

Vashingtonda asoslangan "Ozodlik uyi" tahlilicha, 150 dan oshiq davlatda axborot vositalariga nisbatan bosim yuqorilagan.

Demokratik qadriyatlar chetga surilayotgani yoki amalda umuman qabul qilinmayotgani har kuni nazoratdan ma'lum, deydi ekspertlar.

Gaagadagi anjuman ishtirokchilari matbuot erkinligi targ'iboti avj olishi zarur, deya chaqirib, demokratik davlatlarni tashqi siyosatda bunga e'tiborni oshirishga undadi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer qatnashchilarga murojaat qilib, Bayden ma'muriyati yondashuvini tushuntirdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer, Vashington, 30-mart, 2023
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer, Vashington, 30-mart, 2023

"Avtokratlar mustaqil matbuotni nishonga oladi, chunki ishonchli axborot fuqaroga kuch beradi. Repressiv tuzumlarga esa bu aslo kerak emas", - deydi Pauer.

"Mustaqil matbuotsiz yashayotgan jamiyatlarga bir qarang. Shundagina erkinlik naqadar ahamiyatli ekanini anglaysiz".

"Avtokratlar mustaqil matbuotni nishonga oladi, chunki ishonchli axborot fuqaroga kuch beradi. Repressiv tuzumlarga esa bu aslo kerak emas".

Rossiya hozirda xorijiy chet el axborot vositalari haydab chiqargan, qolganlar ham keskin cheklovlar ostida ishlashga majbur. Rossiyaga hamkor ko'plab hukumatlar ham shu yo'ldan borib, internetga va ijtimoiy tarmoqlarga yo'llarni bloklash bilan ovora.

Bennett bunday cheklovlarni aylanib o'tish bugun qiyin emasligini eslatadi.

Eng xavflisi muxbirlarga maxfiy xizmatlarning tazyiqi va ularni zimdan kuzatib, ishlashga imkon bermasligidir.

"Pegasus" singari programmalar hukumatlarga jurnalistlar va faollarni yashirin nazorat qilish uchun qo'l keladi.

Prezident Jo Bayden bu hafta farmon chiqarib, bunday programmalarni ishlatishni man etgan va boshqa davlatlarning rahbarlarini ham shunday qilishga chaqirmoqda.

Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi bu qarorni olqishlagan.

Matbuot xodimlarini jinoyatchilarni quvgandek kuzatish, ularning har bir qadamini idora etishga harakat qilish hozirda jahon bo'ylab avj olgan siyosat, deydi Jodi Ginsberg, qo'mita prezidenti.

“Jurnalistlarga nisbatan tahdid tobora kuchli. Ularni o'ldirishdan oldin hukumatlar naqadar jirkanch ishlarni amalga oshirishi mumkinligini qayd etib kelamiz", - deydi u.

Jurnalistlarni sudlash bilan birga, deydi Ginsberg, qo'rqitish, ularga turlicha hamlalar qilish, yaqinlarini shantaj qilish hollar ham kuzatiladi, har kuni.

Dezinformatsiyaning salbiy ta'sirini past baholamaslik kerak.

Britaniyalik huquqshunos Jan Yeginsu tahlil qilishicha, "media erkinlik torayishi bilan onlayn huquqbuzarliklar, nafrat tarqatuvchi kontent oshib bormoqda".

Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Vopke Xokstra ko'plab media bunday anjumanlarga umidsizlik bilan qarashini biladi. Tadbirlar va muhokamalardan ne foyda deb so'raydiganlar talay, deya tan oladi u.

"Yig'inimiz matbuot erkinligi demokratik hukumatlar uchun birlamchi masalalardan biri ekanini ko'rsatadi", - deydi Xokstra.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG