Breaking News

"Ko'rinmas farishtalar" minglab ayollarni qutqarmoqda


"Ko'rinmas farishtalar" 6000 dan oshiq ayolni seks bizneslari changalidan qutqargan
"Ko'rinmas farishtalar" 6000 dan oshiq ayolni seks bizneslari changalidan qutqargan

Seks biznesini yurituvchilar uchun odamlar mahsulotdir. Har bir bola yoki qizdan ular yiliga 150-200 ming daromad oladi, deya qayd etadi "Ko'rinmas farishtalar".

Insonni har qanday xavfdan qutqarish uchun har bir Soniya g’animat. Tasavvur qiling, dunyoda har kuni qanday inson jinsiy jihatdan xo’rlanadi? Seks biznesi va odam savdosining asosiy jabrdiydalari – xotin-qizlar.

“Ko’rinmas farishtalar” – parvoz va amaliyotning nomi.

Samolyotni, uchuvchilar va jamoani ko’rsata olmaymiz. Qayerga ketayotganimiz ham sir. Faoliyat maxfiy.

Lekin maqsad aniq - insonlarni qutqarish.

Seks biznesi yurituvchilari uchun odamlar mahsulotdir.

“Har bir bola yoki qizdan ular yiliga 150-200 ming daromad oladi”, - deydi uchuvchi.

Bolalar qochsa, jinoyatchilar ularni qidiradi. Ko’p hollarda topib, jazolaydi. Ularni qutqarish amaliyotlari shu bois nozik ish.

“Biz ularni olib ketish uchun turli agentliklar va davlat idoralari bilan ishlaymiz. Seks biznes egalari va ularning odamlari bizni ko’ra olmaydi, ilg’amaydi. Qayerdan kelib ketayapmiz, bilishmaydi. Faoliyatimiz o’ta yopiq va ma’lumot ulashmaymiz.

Uchuvchilar kamida haftada bir shunday parvozlar qilishadi.

"Ko'rinmas farishtalar" qutqarayotgan "seks qullar"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

Keyti 12 yoshida bu biznesga jalb qilingan. Qochishga uringan, ammo ushlashgan, azoblashgan.

“Qaniydi, meni o’sha damlarda kimdir kelib olib ketganida. Farishtalardek osmondan kelib!”

“Selah Freedom” degan tashkilot shu kungacha 6000 dan ziyod xotin-qizni balodan olib chiqqan. Bu nohukumat tashkilot Floridada asoslangan. Rahbari Lori Svink uchun bu ish hayotiy vazifadir.

“Oldinlari biz qutqarish ishlarini avtobuslarda amalga oshirar edik. Aslida seks biznesi bilan shug’ullanadiganlar o’ljani vokzallardan qidiradi. Ular noiloj qolgan yoshlarni ovlaydi. Ularga mo’may daromad va’da qilib, qulga aylantirishadi”.
Holli boshdan o’tganlari haqida kitob yozgan. Bu tashkilot qutqargan ayollar chekkan uqubatni yaxshi biladi. O’zi lekin bu tarzda olib chiqilmagan. Madad kutayotganlar ko’p.

“Atlantaga qo’nganimizda ruhiy holatim joyida emas edi. Meni bu tashkilotning uyiga olib borishgan. Yordam berishmaganida omon qolarmidim, bilmadim”, - deydi Holli.

“Ko’rinmas farishtalar” samolyotlari ishdan to’xtamaydi, deydi uchuvchilar, chunki afsuski, Holli kabi asrab qolinishni kutayotganlar talay.

XS
SM
MD
LG