Breaking News

RSF: Qoraqalpog'istonda mustaqil matbuot "astalik bilan o'ldirildi"


Nukus, Qoraqalpog'iston, 22-iyul, 2023
Nukus, Qoraqalpog'iston, 22-iyul, 2023

Qoraqalpog'iston va O'zbekiston rahbariyatlari, qolaversa, mahalliy jamoatchilik qanchalik inkor etmasin, "Chegara bilmas muxbirlar" (Reporters sans frontières, RSF) xalqaro tashkiloti, Parijda asoslangan nohukumat uyushma nazarida, bugun mamlakatning bu qismida mustaqil media qolmagan.

1-iyul kuni berilgan bayonotda qayd etilishicha, Qoraqalpog'istonda erkin matbuot "astalik bilan o'ldirilgan".

RSF tahlilicha, hozirda qoraqalpoq ahli 2022-yilning iyulida yuz bergan g'alayonlarni muhokama qilishdan hayiqadi va bu mavzu xususida material berish taqiqlangan.

Tashkilotga ko'ra, Qoraqalpog'iston senzura ostida yashaydi, "axborot dashtligi."

RSF shu tariqa ikki yil oldingi qonli voqealarni xotirlamoqda. Respublika konstitutsiyasi o'zgarishiga qarshi norozilik chiqishlarida o'shanda, rasmiy ma'lumotlarga tayanilsa, 21 kishi halok bo'lgan.

2023-yilda 64 kishi bir necha sudda jazoga tortildi, aksariyati zo'ravonliklarga hissa qo'shganlikda aybdor deb topilgan. Bir qismi shartli jazo bilan uyiga qaytgan, qolganlar panjara ortida.

G'alayonlar uchun eng uzun davrga ozodlikdan mahrum etilgan Dauletmurat Tajimuratov yurist va bloger sifatida nom qozongan.

Uch zobit ham yopiq tribunalda bu voqealarda odamlarning o'limiga sabab bo'lganlikda aybdor deb qamoqqa hukm qilingan.

"Amerika Ovozi" 2022-yildan beri hududni kezib, oddiy odamlar va Qoraqalpog'iston rasmiylari va qonunchilari bilan muloqot qilgan. Vaziyat va ikki yil oldingi notinchliklar haqida xulosalar turlicha. Lekin barqarorlik va birdamlik eng muhim omillardir, deya qayd etiladi.

RSF kabi xalqaro tashkilotlar esa haqiqat yashirilmasligi lozim, deya undamoqda, ya'ni Qoraqalpog'iston agar tinch-totuv va etnik jihatdan birdam respublika bo'lsa, adolat ta'minlanayotgan bo'lsa, matbuot buni bemalol yoritib, masalalarni ochiq muhokama qila olishi lozim.

Korrupsiyada ayblanib, besh yilga qamalgan blogerlar Mustafo Tursinbayev va Salamat Seitmuratov yuqori sudga shikoyat qilib, ishlari qayta ko'rilishini so'ramoqda.

RSFga ko'ra, ularning qamalgani uzoq vaqt o'tib tasdiqlangani ham Qoraqalpog'istonda oshkoralik cheklanganidan darak.

2022-yil voqealarida ayblanib sudlanganlar orasida ham blogerlar va jurnalistlar bo'lgan. Ular shartli jazoni uyida o'tamoqda. "Amerika Ovozi" ular bilan suddan keyin va 2023-yilning yozida Nukusda gaplashgan. Rasman, bu insonlar o'zlariga qo'yilgan ayblovlarni tan olgan.

Ammo, ayrim kuzatuvchilar va ekspertlar deydiki, bu insonlar qilmagan jinoyatlarini tan olishga majbur bo'lgan va shu bois sudlanganlarning gaplariga haqiqat deb qaramaslik kerak.

RSF O'zbekiston va Qoraqalpog'iston hukumatlarini, rasmiylar iddao qiladiganidek, repressiya bo'lmayotgan bo'lsa, buni amalda isbotlab berishga, mustaqil matbuot yaproq yozishi uchun imkoniyat yaratishga chaqirmoqda.

Erkinlikni targ'ib qiluvchi boshqa tashkilotlar ham oldin bunday chaqiriqlar bilan chiqqan.

Qamoqdan keyin: Qoraqalpog'iston voqealaridan bir yil o'tib...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:59 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG