Breaking News

AQSh Gaitidagi jinoiy guruhlar muammosidan o’z manfaati yo’lida foydalanyaptimi?


Gaitining muvaqqat bosh vaziri Garri Konil zo‘ravonliklar avj olgan mamlakatda tartib o‘rnatishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlar yuzasidan maslahatlashish uchun Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh rasmiylari bilan uchrashdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitobiga ko'ra, jang qilayotgan jinoiy guruhlar Gaitini beqarorlashtirib, mart oyidan beri 580 000 odam, jumladan, 300 000 nafar bola o’z uyini tashlab ketishiga sabab bo’lgan. Zo’ravonliklardan har yili taxminan 5 000 kishi halok bo’lmoqda.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, AQSh Gaitida noqonuniy qurol oqimini shakllantirib, mamlakat ustidan nazorat o'rnatmoqda.

“Agar AQSh haqiqatan ham xohlasa, muammoni allaqachon hal qilgan bo'lar edi. Buning o'rniga, amerikalik hamkasblarimiz noqonuniy qurol savdosidan foydalanishni afzal ko'ryapti; bu AQShdagi qurol sotuvchilarga daromad olib keladi”, - dedi u.

Bu da’vo asossiz.

AQSh qonunchilari noqonuniy qurollarning Gaitini beqarorlashtirishdagi rolini va AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solayotganini tan olishadi. Ular bu muammoni hal qilish uchun keng ko'lamli sa'y-harakatlar olib bormoqda.

Kongress tadqiqot xizmatining ta'kidlashicha, Gaiti hukumati o'z portlari va chegaralari ustidan nazoratga ega emas; bu esa mamlakatni “narkotik moddalar va qurol savdosi markaziga” aylantirmoqda.

Shunga qaramay, BMT ekspertlarining fikricha, AQShdagi qurol kontrabandachilari Gaitiga “o‘lim olib keladigan arsenal”ning asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Kontrabandachilar Floridaga o'xshash qurolga nisbatan kamroq cheklovchi qonunlari bo'lgan shtatlardan qurol sotib olib, so'ngra ularni Gaitiga olib o'tadi.

BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Gaitiga to‘rtta kontrabanda yo‘nalishini aniqladi, jumladan, ikkitasi Florida shtatidan yuk kemalari orqali o‘tadi.

BMTning ma'lum qilishicha, 2023-yilda nazorat agentliklari tekshiruvlar sonini ikki baravar oshirgan va AQSh rasmiylari noqonuniy qurollarning aksariyatini Mayamida musodara qilgan.

‘Biz Gaitiga noqonuniy qurol va o‘q-dorilar chiqishini cheklash ustida ishlashda davom etmoqdamiz; qurol sotuvchilarni aniqlaymiz va ta'qib qilamiz. Shuningdek, Gaiti milliy politsiyasini noqonuniy qurollarning asosiy oluvchilari bo'lgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi AQSh Davlat departamenti vakili “Polygraph.info” portaliga.

2023-yil iyun oyida AQSh o'qotar qurol savdosiga qarshi kurashish va Jamiyatlarda ikki tomonlama xavfsizlik to'g'risidagi qonunni (BSCA) amalga oshirish uchun Karib dengizida o'qotar qurollarni noqonuniy saqlash va ta'qiblar bo'yicha Koordinator tashkil etilganini e'lon qildi.

BSCA qonuni “AQShdan olingan o'qotar qurol savdosi” bilan shug'ullangan shaxslar uchun jinoiy jazolarni “keskin darajada oshirdi”.

Mart oyida AQSh qonun chiqaruvchilari Karib dengizi o'qotar qurollar bo'yicha prokuratura koordinatoridan BSCAga rioya qilish to'g'risida hisobot berishni talab qiladigan CATCH qonunini taqdim etdi.

2023-yil noyabr oyida AQSh Gaiti rasmiylariga jinoyatlarda qo‘llangan qurollarni kuzatish va kontrabandachilarni aniqlashda yordam berishini e'lon qildi.

Fevral oyida AQSh ichki xavfsizlik tekshiruvlari va Gaiti rasmiylari Gaiti transmilliy jinoiy qidiruv bo'limini (TCIU) tashkil etdi.

“Ushbu bo'lim har bir mamlakatdagi huquq-tartibot idoralari o'rtasida axborot almashishni osonlashtiradi va transmilliy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun chegaralararo tergov imkoniyatlarini kuchaytiradi”, - dedi Davlat departamenti vakili.

Fevral oyida Davlat kotibi Entoni Blinken 2021-yilning iyul oyidan boshlab AQSh Gaiti Milliy Politsiyasini tekshirish, o'qitish, kasbga o’rgatish va jihozlash uchun 189 million dollar ajratilganini aytdi.

Iyun oyida Oq uy Gaiti xavfsizlik missiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 95 million dollar va Gaiti Milliy Politsiyasiga yordam berish uchun 15 million dollar ajratishini e'lon qildi.

AQSh jinoyat guruhlarini qo'llab-quvvatlagani, Gaitining demokratik jarayonlarini izdan chiqargani va boshqa jinoyatlar uchun 50 dan ortiq Gaiti fuqarolariga sanksiyalar qo’yib, viza cheklovlarini joriy qildi.

AQSh, shuningdek, Gaitida qurol taqiqini yangilashni qo‘llab-quvvatlab, mamlakat xavfsizligini izdan chiqarayotgan shaxslarga xalqaro sanksiyalar qo‘yishni maqsad qilmoqda.

Gaiti AQSh yordamiga tayanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:51 0:00

AQSh va Ekvador birgalikda Gaitida ko‘p millatli xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash missiyasini (MSS) tashkil etish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi.

2023-yil oktabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashi rasmiylarga qonun va tartibni tiklashda yordam berish uchun Gaitida ko‘p millatli kuchlarni joylashtirishni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani qildi.

Iyun oyiga kelib, AQSh rezolyutsiyani amalga oshirish uchun 380 million dollar va'da qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG