Breaking News

Oyga parvozdan qariyb 50 yil o'tib, fazoviy biznesga qiziqish kuchli


AQShning fazodagi maqsadlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

Bundan qariyb yarim asr oldin AQSh astronavtlari Oyga qadam qo’ygan. NASA, Fazoviy tadqiqotlar agentligi Oyga qaytishni va keyinchalik Marsga uchishni mo’ljallab qo’ygan. Prezident Donald Tramp, shuningdek, harbiy kosmik kuchlarni yaratishni taklif qilmoqda.

O’sha paytdagi Prezident Jon Kennedi maqsadni aniq belgilagan.

“Davlatimiz bu o’n yillik tugamasidan oldin bu maqsadga erishishi, insonni Oyga qo’ndirib yana Yerga qaytarishimiz kerak”, - degan edi Kennedi 1961-yilgi nutqida.

Sakkiz yil o’tib bu gaplar amalda o’z aksini topdi.

“Prezident Kennedi xalqqa murojaat qilganida fazoda 15 daqiqalik tajribaga ega edik. U aytgan gaplar amalga oshadi deb hech kim o’ylamagan”, - deydi Smitson Astronavtika muzeyi rahbari Valeri Nil.

U inson Oyga birinchi bor qadam qo’yganini ko’rganida hayajon va hayratini eslaydi. Oradan yarim asr o’tib, deydi u, bugun kosmos urush maydoniga aylanishi yuzasidan xavotirlar bor.

“Sun’iy yo’ldoshlar, GPS sistemalari ishdan chiqsa Yerda hayot to’xtab qoladi. Bu texnologiyalarga tayanib qolganmiz. Buzg’unchlikni bartaraf etishga harakat qilinyapti, lekin xavf doim bor”, - deydi Nil.

Iyun oyida Prezident Donald Tramp Pentagonga harbiy kosmik kuchlarni yaratishni buyurdi.

“Amerikani himoyalash haqida gap ketganda, fazoda faqatgina bor bo’lishimiz yetmaydi. Boshqalardan ustun bo’lishimiz kerak”, - deydi prezident.

Ammo yangi harbiy bo’linmani yaratish Kongressga bog’liq va bu organ taklifni jiddiy qabul qilmayapti. Kelasi yilgi mudofaa xarajatlari muhokama qilinar ekan, qonunchilar favoviy qurolli kuchlarni yaratish uchun mablag’ ajratmadi. Xususiy kompaniyalar esa fazoga biznes deb qaraydi.

“Fazodan hamma foydalana olishi kerak”, - deydi konsultant Aron Oesterle.

Hozirda olti xususiy kompaniya fazoviy turizmni rivojlantirishga kirishgan. Yaqin orada odamlarni orbitaga sayohatga yuborish rejada.

“Oxirgi 50 yilda fazo bilan faqat hukumatlar shug’ullangan. Qimmat, xatarli ish. O’ylaymanki, kelasi 50 yil boshqacha bo’ladi”, - deydi sobiq astronavt Terri Virts.

U kelajakni davlat va xususiy sektor hamkorligida ko’radi. Ammo tijoriy loyihalarga sarmoya oshib borayotganini ham aytadi.

Insoniyat Oyga qadam qo’yganining 50 yilligi yaqinlashar ekan, muhokamalar kelasi yarim asr bizni qayerga yetaklashi atrofida kechmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG