Breaking News

Turkiya Isroil bilan savdoni to’xtatmoqda


Turkiya hukumatining Isroil bilan savdo aloqalarini cheklashi doirasida “Turk havo yo’llari” kelasi yilgacha samolyotlari Isroilga uchmasligini bildirdi.

Xalqaro hayot - 10-aprel, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:58 0:00

Tahlilchilarga ko’ra, Isroilni G’azoda urush boshidan beri tanqid qilgan, ammo u bilan savdo aloqalarini to’xtatmagan Prezident Rajab Toyib Erdog’anning bu siyosati aholi va saylovchilar noroziligiga sabab bo’lgan edi.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasiga aloqador barcha kompaniyalar va siyosatchilar Isroil bilan faol savdo qilib kelayotgan edi. Ular aholi noroziligini inobatga olishga majbur bo’ldi, bu borada nimadir qilishayotganini ko’rsatmoqchi bo’lishdi. Buning eng samarali va yaqqol yo’li “Turk havo yo’llari” parvozlarini to’xtatish bo’ldi”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universiteti professori Soli O’zel.

Erdog’anning partiyasi o’tgan oygi mahalliy saylovlarda jiddiy mag’lubiyatga uchradi.

“Yeniden Refah” islomiy partiyasi saylov kampaniyasi paytida davlat rahbarini Isroil bilan savdoni davom ettirayotgani uchun tanqid qildi. Partiyani Erdog’anning siyosiy ustozi, sobiq bosh vazir Najmiddin Erbakanning o’g’li Fotih Erbakan boshqaradi. Tahlilchilar uni hukmron “Adolat va taraqqiyot” yoki AKP partiyasiga tahdid deb biladi.

“Nazarimda, AKPning oxiri yaqinlashmoqda. Uning o’rniga “Yeniden Refah” partiyasi keladi deb o’ylayman”, - deydi Istinye universitetidan Istar Go’zoydin.

Isroillik kuzatuvchilar Turkiya bilan savdo cheklanishidan xavotirda, savdo va siyosiy muloqotni diplomatik ziddiyat davrida ikki tomonlama munosabatlarni ushlab turishda muhim deb biladi.

“Siyosiy aloqalar inqirozga uchragan bo’lsa-da, ikki tomonlama aloqalar ayrim narsalar hisobiga davom etayotgan edi. Ulardan biri iqtisodiy munosabatlar, yana biri Isroil va Turkiya o’rtasida sayyohlik, transport aloqalari edi”, - deydi Tel-Avivdagi Milliy xavfsizlik masalalarini o’rganish instituti eksperti Galliya Lindenshtraus.

2010-yilda G’azoga gumanitar yuk tashib ketayotgan kema Isroil hujumiga uchrab 10 nafar turkiyalik o’lganida ham o’zaro bordi-keldi, savdo to’xtamagan edi .

Biroq hozirgi gumanitar inqiroz ko’lami oldingilaridan ancha farq qiladi, deydi tahlilchilar.

“Odamlar voqealarni jonli kuzatmoqda, aql bovar qilmaydigan ishlar bo’lyapti. Vayronagarchilik kuchaygani sari Isroil bilan savdoga qarshilik darajasi ham kuchaydi”, - deydi Soli O’zel.

Isroil G’azo janubiga qo’shin kiritishga hozirlik ko’rarkan, Turkiyada Isroil bilan savdoga norozilik ham, Erdog’anga bosim ham oshib boradi.

Isroil hukumati Turkiyaning savdo aloqalarini cheklash qarorini qoralab, javob cheklovlarini hozirlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG