Breaking News

Ta’lim olish imkoniyatidan mahrum g’azolik bolalar


G’azo Sog’liqni saqlash vazirligiga ko’ra, Isroil hujumlari natijasida o’tgan yil oktabridan beri sektorda o’lgan 31 mingdan oshiq falastinlikning 13400 dan ziyodi bolalar.

Xalqaro hayot - 14-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:31 0:00

G’azoda ta’lim tizimi butunlay ishdan chiqgani, bir milliondan oshiq falastinlik bola urush boshlanganidan beri ta’lim olmayotgani aytiladi.

Urushning keti ko’rinmas ekan, maktablarda o’qish qachon jonlanishi ma’lum emas. Sektordagi ko’p maktablar Isroil hujumlaridan qochayotgan odamlar uchun boshpanaga aylantirilgan.

“G’azoda yashash huquqi ortiq kafolatlanmagan ekan, ko’p sabablarga ko’ra ta’lim olish huquqi ham tabiiyki yo’q endi”, - deydi xalqaro bolalar tashkilotidan Xolid Quzmar.

G’azoda yashovchi 2,3 million falastinlikning yarmi 18 ga kirmagan hali. Mahalliy rasmiylar minglab bola urush oqibatlaridan, oilalari bilan ko’chirilganidan azob chekayotganini aytadi. Maktablar bolalar uchun ruhiy madad vazifasini bajargan bo’lardi, deydi rasmiylar.

“So’nggi besh oyda ko’p bolalarda ruhiy tushkunlik va psixologik-ijtimoiy muammolarga guvoh bo’ldik. Maktablarning ishlamayotgani vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda”, - deydi Falastin Ta’lim vazirligidan Sodiq Hadur.

Unga ko’ra, urush tugaganidan keyin ham bolalar yana bir necha oy maktabga qayta olmasligi mumkin.

BMT yuritayotgan bir necha maktab Isroil hujumlarida vayron bo’ldi, yuzlab o’qituvchi o’lgan yoki yaralangan.

Misr bilan chegaradagi Rafah shahrida qo’lbola maktablar faoliyat yuritmoqda.

"Bombalar va vayronalardan qochib keldik. Bu yerda o’qituvchilar har kuni bizga bilim berishyapti, quvonch ulashishyapti”, - deydi o’quvchilardan biri.

Gumanitar yordam bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar ta’lim olish muammosidan kattaroq bo’lgan ochlik xavfi haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG