Breaking News

AQSh: DACA dasturining kelajagi hanuz mavhum


DACA dasturining kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00

AQShda bahslar markazida turgan 800 ming yosh hujjatsiz muhojir taqdiri hanuz mavhumligicha qolmoqda. Prezident Donald Tramp bolaligida AQShga hujjatsiz kelganlarni himoyalovchi DACA farmonini sentabr oyida bekor qilgach, ularning keyingi taqdirini Kongress hal qilishi lozim edi. Ammo bu haqda qonunchilar hanuz kelisha olgani yo'q.

Kongress davlat byudjeti bo'yicha erishgan vaqtinchalik kelishuvda DACA dasturi tilga olinmagan. Bu esa faollarni norozi qildi. Ular Kapitoliy oldiga yig'ilib, qonunchilardan muhojirlarni himoya qilishni talab qilmoqda.

"Ularning ayrimlari o'tgan hafta bu muhojirlarni himoya qilish haqida juda ko'p va'dalar berishgandi. Dushanba kuni esa yurakni ezadigan qarorga ovoz berishdi", - deydi faollardan biri.

Bir necha oydan beri himoya talab qilib kelayotgan DACA ishtirokchilarining umidi so'nggi qaror ortidan ancha pasaygan.

"Umidvor bo'lishni, va'dalarga ishonishni xohlayman, ammo bu yerda ikki marta bo'lib, turli tashkilotlar ishtirokida kongressmenlar bilan uchrashdim, ularga o'z dardlarimizni aytdik. Har safar "Bu masala ustida ishlaymiz" degan bir xil gapni eshityapmiz", - deydi Yeni Romero ismli yosh muhojir.

Romero AQShga besh yoshida kelgan. Boshqa yosh muhojirlar singari u ham AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi qonun qabul qilinishini istaydi. Vaqt o'tgan sari bu muhojirlar qonuniy maqomlarini boy berishdan xavotirda.

"Ko'ngilni vayron qiladigan payt hozir. Zudlik bilan chora ko'rilishi kerak. Shu bois qattiq harakat qilyapmiz, rahbarlarimizga qattiq bosim o'tkazyapmiz. Chunki biz qancha ko'p kutsak, shuncha ko'p odam deporatsiyaga uchraydi", - deydi yana bir muhojir Reyni Leonor.

Kongress 8-fevralgacha doimiy byudjetni qabul qilishi kerak. Qonunchilar hujjatga bolaligida mamlakatga hujjatsiz kelgan muhojirlarni himoyalashga oid band kiritishga va'da bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG