Breaking News

AQSh va Yaponiya rahbarlari mudofaa hamkorligini muhokama qildi


AQSh Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan ko’rishib, ikki davlat munosabatlari, mudofaa bobida hamkorlik haqida gaplashdi, texnologik aloqalarni rivojlantirishga kelishdi.

Xalqaro hayot - 11-aprel, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:50 0:00

Prezident Bayden Kishidani uzoqni ko’ra biladigan, Osiyo va hatto butun dunyodagi dovyurak rahbarlardan biri deb atadi.

"Rossiya ikki yil oldin Ukrainani shafqatsiz ravishda bosib olganidan so’ng Kishida Rossiyani qoralashga, unga sanksiya qo’llashga va uni yakkalashga hamda Ukrainaga milliardlab dollarlik yordam ko’rsatishga ikkilanmadi”, - dedi Bayden.

Ikki rahbar yangi tashabbuslarni e’lon qildi, jumladan Oyni birgalikda zabt etish, yarimo’tkazgichlar va toza energiya ishlab chiqarishga, kvant hisoblash va sun’iy idrokga sarmoya qilish bobida.

Bayden va Kishida Janubiy Xitoy dengiziga da’vo qilayotgan Xitoy ambitsiyalariga birgalikda qarshi turishda harbiy sohada hamkorlik ahamiyatiga urg’u berdi.

“Yaponiya, AQSh va Avstraliya ilk bor havo mudofaasi va mudofaa arxitekturasining tarmoq tizimini yaratadi”, - dedi Amerika rahbari.

Amerika va Yaponiya askarlari uchun qo'mondonlik va boshqaruv tizimi modernizatsiya qilinadi, bu harbiylarning operativ muvofiqligini oshiradi.

So’nggi paytlarda mudofaa va yuqori texnologiyalarga sarfiyatlarni oshirgan Tokio Baydenning Xitoyni jilovlashga qaratilgan mintaqaviy strategik arxitekturasi uchun muhimdir.

Kishida Yaponiya AQSh, Avstraliya va Birlashgan Qirollik o’zaro tuzgan AUKUS hamkorligini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

"AUKUS bilan bevosita hamkorlik qilish bo’yicha bir qarorga kelganimiz yo’q hali. Hamkorlikni bu mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama munosabatlar doirasida davom ettiramiz”, - dedi Yaponiya bosh vaziri.

Janubiy Xitoy dengizida Filippin va Xitoy o’rtasida taranglik kuchayar ekan, Filippin Prezidenti kenja Ferdinand Markos ham bugun Vashingtonda, Bayden va Kishida bilan uch tomonlama sammit o’tkazmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning bunday qadamlari qarama-qarshilikni kuchaytirishi haqida ogohlantirdi.

“Hech qanday tashqi aralashuv Xitoyning o’z hududiy suvereniteti va dengizdagi huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan irodasi va qat’iyatiga ta’sir qilmaydi”, - dedi vazirllik so’zlovchisi Mao Nin.

Kishida Vashingtonga sakura daraxtlari ko’chatini hadya qilishni taklif etdi. Shahardagi yirik qurilish sabab Yaponiya hukumati unga 1912-yilda bergan sakura daraxtlarining bir qismi ko’chirilishi kutilmoqda.

Har yili bahor boshida ko’plab sayyohlar sakura gullashini tomosha qilish uchun Vashingtonga sayohat qiladi.

Kishida sharafiga Oq uyda ziyofat berildi. Yaponiya bosh vaziri Bayden prezidentlikka kelganidan beri bunday sharafga muyassar bo’lgan beshinchi davlat rahbaridir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG