AQSh Mehnat statistikasi byurosi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘p hamshiralar kasbni tark etayotganligi sababli yiliga taxminan 200 000 bo‘sh ish o‘rni paydo bo’lmoqda.
AQSh so‘nggi o‘n ikki oy davomida 192 mamlakatga 270 mingdan ortiq odamni deportatsiya qilgan.
“SpaceX” va “Tesla” ortida turgan zako sifatida bilingan milliarder Ilon Mask Donald Tramp Oq uyga qaytishi bilan yangi tashkil etilayotgan Hukumat samaradorligi departamentini boshqaradi. Davlat byudjeti bo’yicha takliflar beradi.
2024-yil iyunida siyosiy neytral Soliq fondi taqdim etgan hisobotga ko’ra, Trampning ilk prezidentlik muddatida 380 milliard dollarlik tovarlarga qo’yilgan tariflar amerikaliklarga 80 milliard dollarlik qo’shimcha soliq yuklagan.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Pensilvaniya shtatidagi Karlayl hindular maktabida yodgorlik tashkil etish haqida farmon imzoladi.
Bayden ma’muriyati navbatdagi prezident uchun yangi milliy xavfsizlik hujjatini taqdim etdi.
AQSh fermerlari Donald Trampdan qishloq xo‘jaligi sohasini ommaviy deportatsiyalardan ozod qilishni so‘ramoqda.
Qo’shma Shtatlar dunyoda tashqi yordamga eng ko’p pul ajratuvchi mamlakatdir. 2022-moliya yilida shu maqsadda 70 milliard dollar ajratgan.
AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp yangi vazirlarni tanladi – nomzodlarni AQSh senatorlari ma’qullashi kerak. Ayrim nomzodlar o’tishi tayin, ayrimlari esa bahslarni qizitmoqda.
Biden ma'muriyati Assadning hokimiyatdan ag'darilishi ortidan isyonchi guruhlar bilan aloqada ekanligini va yangi hukumat tuzish jarayoni suriyaliklar tomonidan boshqarilishini istashini ma'lum qildi.
Bu yilning kuz fasli Qo'shma Shtatlarning shimoli-sharqiy hududlari uchun odatdagidan farqli o'tdi.Nyu-York shahri atrofidagi parklar va o'rmonlarda yong‘inlar sodir bo‘lib, qurg‘oqchilik kuchaydi.
Pit Xegset Milliy gvardiyaning Iroq, Afg’oniston va Guantanamoda xizmat qilgan, orden va medallarga ega veterani. “Fox va do’stlar” teledasturining sobiq boshlovchisini Donald Tramp mudofaa vaziri lavozimiga tanlagani shov-shuv uyg’otmoqda.
Ko'proq...