Breaking News

Xorijdagi faollar “Muqobil O’zbekiston” nomli kengash tuzdi


O’zbekistonda prezidentlik saylovlari barobarida xorijdagi faollar “Muqobil O’zbekiston” nomli kengash tuzdi.

Xorijdagi faollar “Muqobil O’zbekiston” nomli kengash tuzdi/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:53 0:00

Huquq himoyachilari, muxolif siyosiy partiyalar, o’zbek faollarini o’z safida jamlayotgan bu tashkilot O’zbekistonda qonun ustuvorligi uchun kurashmoqchi.

Uning a’zolari asosan O’zbekiston prezidentligi uchun internetda muqobil saylovlarni tashkil etgan Virtual saylov komissiyasi faollaridan iborat.

Kengash tuzilgani saylov barobarida e’lon qilinayotgani bejiz emas. Adolatsiz tanlov natijasida kuchda qolayotgan tuzumga nisbatan muqobillik mavjudligiga ishora qilinmoqda.

Tashabbus boshida turganlardan biri, Fransiyada asoslangan "O'tyuraklar" klubi rahbari Mo’tabar Tojiboyeva deydiki:

“Hozircha bu mufoviqlashtiruvchi kengashni shartli ravishda “Muqobil O’zbekiston” deyapmiz, keyinchalik nomi o’zgarishi mumkin. Bu kengash O’zbekistondagi saylovlar yuzasidan olib borgan harakatimiz natijasida paydo bo’ldi. Virtual saylov kampaniyasidan maqsad ham yangi siyosiy kuchlarni maydonga olib chiqish, O’zbekistondagi prezidentlik saylovlari g’ayriqonuniy ekanligi haqida jamoatchilikni ogohlantirish edi. Yangi siyosiy kuchlar ozmi-ko’pmi maydonga keldi. Shunday qilib dunyo bo’ylab tarqalgan fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiruvchi kengash tuzishga qaror qildik. Kengashimiz Islom Karimovni to’rtinchi bor prezidentlik bilan siylanishi barobarida tuzilmoqda. Ya’ni bundan so’ng O’zbekistondagi vaziyat yana og’irlashadi, keskinlashadi. Shuning uchun ham bu kengashni tuzishga qaror qildik”.

“Muqobil O’zbekiston” qanday faoliyat yuritadi, tashkilotda kimlar bor, ularning maqsadlari nima?

“Maqsadimiz O’zbekiston hukumatini xalqaro va mahalliy qonunlarga bo’ysunmayotganligiga qarshi kurashish - kuch bilan emas, g’oya bilan bu qonunlarni bajarishga majbur etish. Biz bu kengashni davlat ro’yxatidan o’tkazish, yuridik maqom olishni o’ylayotganimiz yo’q, chunki kengashga kiruvchi tashkilotlar bunday maqomga ega. Kengashga “O’tyuraklar” klubi qoshilgan, “Ezgulik” bilan gaplashayapmiz, Usmon Baratov yetakchiligidagi “Vatandosh” tashkiloti, Qiynoqlarsiz hayot uchun tashabbus guruhi, muxolifatdagi “Birdamlik” harakati, shuningdek, yana ko’plab o’zbek faollari ham kengash tarkibiga qo’shilmoqchi”, - deydi Mo’tabar Tojiboyeva.

Kengash ham, uning aksariyat faollari ham asosan O’zbekistondan tashqarida. Xorijda bunday tashkilotlar ko’p, ammo samara unchalik sezilmaydi.

Shunday ekan, ular yoniga yana bir tashkilot qo’shilishidan nima foyda? Bunday tashkilotga ehtiyoj bormi?

“Biz (O’zbekiston fuqarolik jamiyati faollari) shu paytgacha tarqoq tarzda faoliyat yuritib keldik deb aytsam bo’ladi. Tashkilotlar birlashadi, yana biroz o’tib tarqalib ketishadi. Kengash fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirish vazifasini ham bajarishi kerak. Muvofiqlashtiruvchi kengashda biror aniq rahbar yo’q, biz hech kimning og’ziga qarab qolmaymiz. Har bir tashkilot kengashni uch oy mobaynida boshqaradi, keyin bu vazifani boshqa tashkilotga topshiradi”, - deydi Tojiboyeva.

Muvofiqlashtiruvchi kengash Virtual saylov komissiyasi tajribasiga tayanib ish ko’radi. O’zbekistonda prezidentlik saylovlari o’tishi bilan komissiya ham ishini yakunlaydi, uning o’rnida yangi kengash ish boshlaydi.

Komissiya sayti uzluksiz xakerlik hujumlaridan o’nglanmadi. Natijada muqobil nomzodlar uchun ovoz berish jarayoni to’xtab qoldi. Lekin yangi sayt ochildi: http://virtualuzbekistan.org/

Virtual tanlovda nomzod sifatida qatnashganlarning ko’pi yangi kengashga qo’shilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG