1998-yilda qamoqqa olinib, Qirg’iziston hududida noqonuniy moliyaviy faoliyat yuritganlik, tovlamachilik va yulg’ichlikda aybdor deb topilib, 14 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Rustam Usmonov “borsa-kelmas manzil” deya ataluvchi Jasliq turmasida o’tiribdi.
50 yoshida Usmonov o’z davrining ilg’or odamlaridan biri hisoblangan - tadbirkor, olim va jurnalist. Xususiy sektorda muvaffaqiyat qozonib, bankir va omilkor shaxs sifatida nufuz orttirgan edi. Usmonovning jazo muddati mavhum sabablarga ko’ra uzaytirilgan. Qachon ozodlikka chiqadi, noma’lum.
Inson huquqlari tashkilotlari, xususan "Human Rights Watch" tomonidan siyosiy mahbus deya ta'riflangan bu insonning 37 yoshli o’g’li Dilshod Usmonov xorijdagi faollar o’tkazayotgan muqobil, virtual prezident saylovida o’z nomzodini qo’ygan.
Rossiyada ekologiya sohasida ishlayotgan nomzod, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, otasining orzulari, kelajak, shuningdek, Prezident Islom Karimov haqidagi fikrlari haqida gapirib berdi.
O’zingizni nima uchun prezidentlikka loyiq shaxs deb hisoblaysiz?
O’zbekistondagi saylovda o’z nomzodingizni qo’yarmidingiz?
Virtual saylovda qatnashishning ahamiyati nimada?
Siz singari oshlar oldidagi eng muhim muammolar nima?
Chet elda yurgan o’zbekistonliklardan vatan qanday naf ko'rmoqda?
Prezident Islom Karimov bilan gaplasha olganingizda, nima derdingiz?
O’zbekistonni kim to’g’ri boshqara oladi?
Marhamat, tinglang: