Saylov demokratlarning Senatdagi ustunligini yo’qqa chiqardi. Yuqori palata respublikachilar nazoratida bo’ladi, bu esa Trampga Kongressda qonunlarni o’tkazishda qiyinchilik tug’dirmaydi.
Bayden Trampni g’alaba bilan tabriklab, uni Oq uyga taklif qilgan. Bo’lajak prezident ayni paytda o’z ma’muriyatiga kadrlarni tanlashni boshlagan.
5-noyabrda AQShda kechgan Oq uy va Kongressga saylovlarning natijalari nimadan darak beradi? Toshkentdan Anhor.uz - Vashingtondan "Amerika Ovozi" muhokamasi.
AQShda saylov g’olibi Donald Tramp kelasi to’rt yil mamlakatni boshqaradi. So’nggi to’qqiz yil ichida Tramp Respublikachilar partiyasini o’z qiyofasida o’zgartirishga va Oq uyga qaytishga erishdi.
Vashington-Toshkent: AQShdagi saylov natijalari tahlili "Amerika Ovozi" - Vatandosh TV muhokamasi
AQShning ilk ayol vitse-prezidenti, prezidentlik uchun kurashgan demokrat Kamala Harris saylovda respublikachi Donald Trampga boy berganini tan oldi.
Tramp Amerika tarixida sud tomonidan jinoiy ishda aybdor topilib prezidentlikka saylangan ilk nomzod bo’ldi. U shuningdek 78 yoshda prezidentlikka saylangan eng keksa arbob ham bo’ldi.
Tramp prezident sifatida federal hukumatni tubdan o’zgartirishga va’da bergan. Floridada o’z tarafdorlari bilan uchrashar ekan, Tramp “misli ko’rilmagan, kuchli mandatni” qo’lga kiritganini ta’kidladi.
5-noyabr kuni o'tgan saylovda AQShda prezidentlikka respublikachi Donald Tramp saylangan. Tramp o'zini bir necha soat oldin g'olib deb e'lon qilgan edi. Senat ham respublikachilar qo'liga o'tgan.
Yetti shtat kimga og'ishi mavhum edi: Pensilvaniya, Michigan, Viskonsin, Arizona, Jorjiya, Nevada va Shimoliy Karolina. Pensilvaniya, Shimoliy Karolina va Jorjiyada Tramp g'olib chiqib, Harrisni ancha ortda qoldirdi.
AQSh Senati 5-noyabrgi saylov natijasida respublikachilarga o'tdi. 100 a'zoli palatada kamida 51 o'rin endi ularniki.
Kongress uchun shiddatli kurash ketarkan, ozchilikdan chiqqan yetakchilarning ko'tarilishi bu yilgi saylovdagi muhim burilishlardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Ko'proq...