Breaking News

Inauguratsiya ketidan Trampga qarshi namoyishlar

Donald Tramp AQShning 45-prezidenti sifatida qasamod keltirishidan bir kun o'tib Vashington ko'chalari namoyishchilar bilan to'ldi. Voqeani jonli blogimizda kuzatib boring.

Sobiq rahbar Barak Obama va uning rafiqasi Mishel xalq bilan xayrlashib, maxsus vertolyotda Vashingtonni tark etmoqda.

Sobiq Vitse-prezident Jo Bayden va uning turmush o'rtog'i Jill "Amtrak" poyezdida uyiga, Delaverga jo'nab ketayapti.

Tramp prezident sifatida dastlabki farmonlarga imzo chekdi

Prezident Donald Tramp qasamyod keltirishi bilan Kapitoliy binosining o'zida bir qator hujjatlarga imzo chekdi. U vazirliklar uchun tavsiya qilgan o'z nomzodlarini imzo orqali rasman Senatga taqdim etdi. Shuningdek, Mudofaa vazirligiga nomzodi ko'rsatilgan Jeyms Mattisni ushbu lavozim uchun qo'yilgan talabdan ozod qilish haqidagi farmonga ham imzo chekdi.

Qoidaga ko'ra, Pentagonga harbiy odam rahbarlik qilishi mumkin emas. Mattis harbiy xizmatdan faqat uch yil oldin iste'foga chiqqan edi.

Inauguratsiya paradi

Prezident Donald Tramp va Vitse-prezident Mayk Pens Kapitoliy binosi oldiga chiqib, askarlar yurishini tomosha qildi. Shundan so'ng Tramp rafiqasi bilan prezident mashinasiga chiqib, Oq uy sari yo'lga chiqdi. Ko'chaning har ikki tomonida odamlar qo'llarini ko'tarib, Amerikaning yangi rahbarini olqishladi.

Politsiyachilar va xavfsizlik xodimlari odamlar oldini to'sib olgan. Ular soni har qachongidan ham ko'p.

Oq uy oldida AQShning yangi rahbari uchun parad uyushtirildi. Prezident, vitse-prezident va ularning oila a'zolari, yaqinlari o'tirgan sahna oldidan harbiylar, AQShning turli xavfsizlik va davlat idoralari vakillari, jamiyatning turli jabhalarida ishlovchi va faoliyat yurituvchi amerikaliklar, yoshlar guruhlari yurib o'tdi.

Prezident Tramp va uning rafiqasi bugun uchta rasmiy ziyofat kechasida qatnashishi belgilangan.

Vashingtonda ayollar marshi

Poytaxt Vashingtonda, Prezident Donald Tramp inauguratsiyasidan bir kun o'tib ayollar namoyishi bo'lib o'tmoqda. AQShning turli hududlaridan kelgan minglab ayollar, huquq faollari va nodavlat tashkilotlar vakillari poyaxt ko'chalarini to'ldirdi. Ular soni 100 mingdan oshishi kutilyapti.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG