Soʻnggi yillarda turli tropik boʻronlar, xususan, 2017-yildagi halokatli “Mariya” toʻfoni bilan to’qnashgan Puerto-Riko iqlim oʻzgarishi taʼsiriga qarshi samarali kurashish yoʻllarini qidirmoqda. Orolning tog'li hududida joylashgan jamoa Puerto-Rikoning birinchi quyosh shaharchasini yaratib, tashabbusni o'z qo'liga oldi.
Vilfredo Peres 40 yildan beri Puerto-Riko tog'larida joylashgan Adxuntas shahrida o'z sartaroshxonasini boshqaradi.
"Xudoga shukur, hanuz shu yerdaman. Men xotirjamman, har doim bir oz qo'rquv bo’lgan, lekin yaxshiman", - deydi u.
Peresning biznesi 2017-yilda yuz bergan “Mariya” to‘fonidan jiddiy shikast ko’rdi. Bo‘ron orolning elektr tizimini yo‘q qildi, Puerto-Rikoni zulmatda qoldirdi. Peres ishini davom ettirish uchun muqobil yo’llarni izlashga majbur bo’ldi. Unga benzin bilan ishlaydigan generatori bor qo'shnisi yordam berdi.
"Bo'ron ortidan elektrsiz qoldim. Keyin qo'shnim menga ulanishim uchun uzatma kabel berdi. Shu bilan biroz ishlab turdim, lekin u ketganda, yana elektrsiz qolar edim”, - deydi Peres.
Buni ham ko'ring Suzuvchi quyosh panellariga AQShda ham qiziqish ortmoqda2018-yil yanvarida “Casa Pueblo” loyihasi unga o'z biznesi uchun quyosh panellarini o'rnatish imkoniyatini taklif qildi.
"Bu dunyodagi eng yaxshi narsa, chunki ularsiz men xotirjam ishlay olmas edim. Bu juda yaxshi narsa bo’ldi”, - deydi u.
Peres sartaroshxonasi Adxuntasda 100 foiz quvvatni quyosh energiyasidan oladigan ilk bizneslardan. Tez orada uning safiga boshqalar ham qo’shiladi. Bir guruh tadbirkorlar 18 000 ga yaqin aholi yashaydigan shaharning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun kichik quyosh elektr stansiyasini qurmoqchi.
Buni ham ko'ring AQSh yashil energiya bo'yicha Xitoyga bog'liqlikni kamaytirmoqchi"Biz jarayonni to'rt yil oldin oddiy suhbatdan boshlagan edik. Hozir xuddi shunday qarashga, qayta tiklanadigan energiya bilan ishlash falsafasiga ega bo'lgan 14 ta biznesdan iborat guruhmiz", - deydi pitseriya egasi Gustavo Irizari.
Puerto-rikoliklarga quyosh energiyasi yetkazib berish g’oyasi aholi orasida tez tarqaldi.
“Bu bizga muqobil energiya manbasini beradi. Ayniqsa, olti oy davomida elektrsiz qolgan, “Mariya” to‘fonidan aziyat chekkanlar uchun. Biz dizelga 17 ming dollar sarfladik. Qayta tiklanadigan quyosh energiyasiga ega bo'lish men va xodimlarim uchun katta afzallik”, - deydi Gustavo.
Loyiha doirasida 800 ta quyosh panellari o'rnatildi. Ularning barchasi dunyo bo'ylab quyosh energiyasidan foydalanishni targ'ib qiluvchi tashkilotlarga grant ajratadigan Honnold jamg'armasi tomonidan taqdim etildi.