Fransiyada aksilterror qonunlar kuchaytirilishi ko’zda tutilmoqda. Prezident Emmanuel Makron va uning mahkamasi yangi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Unda huquq-tartibot organlari va razvedka xizmatlariga jihodchilarning internetdagi faoliyati va ekstremistik mazmundagi sahifalarni aniqlash uchun algoritmlarni qo’llashga ruxsat so’ralmoqda.
Jangarilar 2015-yil noyabrida Parijda xurujlar uyushtirishi ketidan hukumat avval favqulodda holat e’lon qildi, so’ng 2017-yilda parlament ilk aksilterror qonunini qabul qildi.
Xavfsizlik idoralariga xabar almashish ilovalarini nazorat qilishda alogirtmlardan foydalanishga ruxsat bergan qonun har 4 yilda qayta ko’rilishi kerak bo’lgan. Politsiyaning nazorat funksiyalari ham kengaytirilib, terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan odamlarning uylariga kirishga, ularning harakatlanishini cheklashga ruxsat berilgan edi.
Hukumat endi qonunni doimiy qilib, algoritmlarni veb sahifalarda ham qo’llashga ruxsat so’ramoqda.
"Terrorchilarning xabarlashish usullari o’zgargan. Biz hozir hech kim ishlatmayotgan oddiy telefon simlarini tinglayapmiz”, - deydi Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen.
5 kun oldin bir politsiyachini o’ldirgan tunislik odam hujumdan oldin jihodchilar harakatlarini olqishlovchi diniy videolar ko’rib yurgani ma’lum bo’ldi.
Yangi qonun loyihasida qamoqdan ozod bo’lgan va xavf tug’dirishga moyil shaxslarni nazorat qilish va harakatlanishini cheklash muddatini bir yildan ikki yilgacha uzaytirish taklif etiladi.