Rossiya ommaviy axborot vositalarida Tojikistonning Tog’li Badaxshon muxtor viloyatida o’tgan harbiy harakatlar qizg’in muhokamada.
Ko’plab ekspertlar nazarida Rossiya Tojikistonda o’z ta’sirini saqlab qolishi kerak. Rus olimlari Markaziy Osiyoda, xususan Tojikistonda Amerika uchun foydali muhit paydo bo’ldi va hozirgi sharoitdan aynan ular manfaatdor degan fikrda.
Xo’janddagi demokratlardan birining aytishicha, maqsad aslida o’sha-o’sha - rus harbiylarining Tojikistonda uzoq qolishiga poydevor qo’yish.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti Markaziy Osiyo bo’limi boshlig’i o’rinbosari Dmitriy Aleksandrov fikricha esa Amerika Afg’onistondan harbiy kuchlarini olib chiqqach ham regionda o'z ta’sirini saqlab qolish harakatida.
"Pentagonda va umuman AQSh yuqori doiralarida o’z kuch tuzulmalarini Markaziy Osiyoda joylashtirish orqali mavqe’larini mustahkamlash niyati borligi sir emas. Buning uchun albatta Markaziy Osiyo elitasini tayyorlash va ularga yordam berish, kuch tuzulmalarini qo’llash zarur. AQSh rahbariyati bu yo’lda ancha faol harakat olib bormoqda",- deydi rus olimi.
O’zini Ma’sud deb tanishtirgan yigit, Tojikiston demokratik partiyasi faoli, deydiki, Badaxshonda hozir tinchlik bo’lsa-da, u yerni haligacha urush o’chog’i deb targ’ib qilayotganlar Tojikiston mustaqilligida putur yetkazmoqda.
"Rossiyadagi ma’lum siyosiy kuchlar sharoitni o’z foydalariga talqin qilishmoqda. O'zlariga kerakli odamlarni ishga solmoqda. Omma fikrini shakllantirmoqda. Moskvada yurgan tojik demokratlari o’z manfaatlaridan kelib chiqib, bilib-bilmay, Tojikiston mustaqilligiga raxna soluvchi kuchlarga xizmat qilmoqda",- deydi Ma'sud .
Tojikiston kommunistik partiyasi faollari bundaylarni hatto mamlakat fuqaroligidan mahrum etish kerak deb chiqmoqda.
Rus ekspertlari Tojikistondagi bezovta muhitdan Amerika manfaatdor desa, tojik ziyolilari yo’q, bu ahvoldan zo’r berib Rossiya foydalanishga urinmoqda, bu ularning so’zlaridan ma’lum deyishadi.
Tojikiston islom uyg’onish partiyasi Xo’jand shahar bo’limi raisi Dadajon Yoqubov nazarida Badaxshondagi olishuv rus harbiylarining yana uzoq muddatga qolishiga sabab bo’lmasligi kerak.
"Bu yerga armiya keltirilishi biz uchun emas, o’zlarining manfaatlari uchun, yolg’iz o’z manfaatlarini o’ylashadi ular", - deydi Yoqubov.
"Go’yoki, Afg’onistondan tahdid bo’lmoqda va hujum bo’larmish. Axir Afg’oniston butun tarix davomida biron marta Tojikistonga hujum qilmagan. Afg’onistonda ham o’zbegu-tojik yashaydi. Bular hammasi qudratli davlatlarning siyosiy o’yinlari. Shu kabi turli bahonalar bilan harbiylarini bu yerda qoldirishmoqchi."