Breaking News

Bayden debatdagi muvaffaqiyatsizligi uchun o’zini oqlashga urinmoqda


Jo Bayden va Donald Tramp AQSh tarixida prezidentlikka eng keksa nomzodlar hisoblanadi. Ular o’rtasida bo’lib o’tgan birinchi televizion debatda 81 yashar Bayden yaxshi gapira olmadi – nutqi ba’zan mujmal, gaplari chala yangradi.

Xalqaro hayot - 4-iyul, 2024-yil - Belarus ShHTda. NATO sammiti kun tartibi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:48 0:00

Tramp hatto uni mazax qilib, nima deyayotanini Baydenning o’zi ham tushunmasligini aytdi.

Texasdan Vakillar palatasiga saylangan Lloyd Dogget Bayden poygadan chiqishi kerak deb ochiq aytgan birinchi demokrat bo’ldi.

“Baydenning poygadan chiqishini 50 ka 50 deb bashorat qilaman”, - deydi Vanderbilt universitetining tarixchisi Tomas Shvars.

Bayden keksayganini tan olarkan, raqibi debatda ko’p yolg’on so’zlaganini aytadi.

"Men oldingiday ravon gapirmayman, oldingiday munozara qila olmayman, ammo nimani bilishimni, haqiqatni so’zlashni yaxshi bilaman”, - deydi u.

CNN telekompaniyasi o’tkazgan ommaviy so’rovda qatnashgan har to’rt odamdan uch nafari Bayden nomzodlikdan voz kechsa, demokratlarda saylovda g’alaba qozonish imkoniyati ko’proq bo’lishini aytdi.

Debatda yaxshi natija ko’rsatmagan nomzod doim ham saylovda mag’lub bo’lmagan.

Masalan, 2012-yilda Prezident Barak Obama debatni eplolmagan, ammo baribir qayta saylanishga muvaffaq bo’ldi.

“Obama birinchi debatga yaxshi tayyorlanmagan edi. Oradan ko’p o’tmay ikkinchisi o’tkazildi va u o’zini ancha yaxshi ko’rsatdi”, - deydi Shvars.

1984-yilda Ronald Reygan ham debat paytida poyintar-soyintar so’zlagan. U o’shanda 73 yoshda edi.

“Reygan o’z yoshi uchun birinchi debatda yaxshi natija ko’rsatmadi, ammo keyingisini yaxshi o’tkazdi. Nomzod birinchi debatda adashganini, ammo ancha jonliroq va prezidentlarga xos tarzda harakat qila olishini ko’rsatishi kerak”, - deydi Amerika tadbirkorlik institutidan Jon Fortye.

Tramp saylovchilar bilan uchrashuvlarida Baydenning debatda sust qatnashganiga urg’u bermoqda.

“Jo Bayden Kemp Deyvid oromgohida bir hafta dam oldi, ishladi, tayyorlandi. Qattiq tayyorlandi. Shu qadar qattiq tayyorlandiki, nima qilayotganini hatto anglamadi ham”, - deydi Tramp.

Tahlilchilarga ko’ra, Baydenning poygadan chiqishi hozir Demokratik partiyaga bog’liq. Bunga da’vatlar kuchaysa, poygadan chiqishga bosim ham kuchayadi.

3-iyul kuni 24 ta shtatning demokrat gubernatori va Vashington shahar meri Oq uyda Prezident Bayden va vitse-prezident Kamala Harris bilan uchrashib, Bayden bilan saylovga tayyorgarlik, uning birinchi debatdagi chiqishi xususida gaplashdi.

Nyu-York, Minnesota va Merilend shtatlari hokimlari prezidentning saylovda qolishi tarafdori ekanini aytgan.

Bayden debatda qovun tushirganini tan oldi va buni ikkita xorijiy safari bilan bog’liq charchoq bilan izohladi. Oq uy prezident debatdan oldin shamollaganini ham ma’lum qildi.

Baydenning o’zi poygadan chiqmoqchi emas. Ayrim kuzatuvchilar, partiya nomzodni o’zgartirishga qaror qilsa, vitse-prezident Kamala Harrisda buning uchun imkoniyat ko’proq ekanini aytadi.

Michigan, Kaliforniya, Illinoys, Pensilvaniya va Kentuki gubernatorlari Baydenning o’rniga boshqa nomzodni tayinlash haqida og’iz ochmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG