Breaking News

Bayden va Tramp teledebatda qanday mavzularni ko'taradi?


Kelayotgan payshanba AQShda prezidentlikka ikkita asosiy nomzod Jo Bayden va Donald Tramp o’rtasida birinchi televizion debat o’tkaziladi. Xabarlarga qaraganda, Prezident Bayden so’nggi bir necha kundan beri yordamchilari bilan munozaraga hozirlanmoqda. Tramp esa shtatma-shtat yurib, saylovchilari bilan ko’rishmoqda.

Xalqaro hayot - 24-iyun, 2024-yil - G'azoda tuganmas urush. Rossiyada motam
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

Debat paytida Bayden Trampning sudlanganini yuziga solishi kutilmoqda. Sobiq prezident barcha ayblovlarni inkor etmoqda, so’nggi sud hay’atining uni aybdor deb topgan qaroriga apellyatsiya bermoqchi.

Siyosatchilar immigratsiya mavzusida ham qattiq tortishishi aniq.

"Prezidentligimning birinchi kunidan Amerika tarixida eng yirik deportatsiya amaliyotini amalga oshiramiz. Boshqa ilojimiz yo’q”, - dedi Tramp.

Bayden yaqinda janubiy chegarada siyosiy boshpanaga da’vogarlarga nisbatan cheklov qo’yish bilan birga AQSh fuqarolarining mamlakatda kamida 10 yil yashagan hujjatsiz turmush o’rtoqlariga fuqarolikka yo’l ochuvchi dasturni e’lon qildi.

Bayden 81 yoshda, Tramp 78 da. Har ikkisi Amerika tarixida eng keksa nomzod.

“Yosh masalasi debatda ko’tarilishi aniq. Bayden Trampga qaraganda quvvatliroq ekanini, vaziyatdan xabardor ekanini ko’rsatishga, gaplarida xato qilmaslikka harakat qilishi kerak”, - deydi Michigan universitetidan mutaxassis Aaron Kal.

Bayden Trampning abortga doir qarashlarini tanqid qilishi, uni demokratiyaga tahdid deb bilishi mumkin. Tramp esa Baydenning aqliy salomatligini savol ostiga qo’yib, Uchinchi jahon urushiga turtki bermoqchi bo’layotganlikda ayblaydi.

Tramp prezidentlikka saylansa, inauguratsiyagacha Rossiya-Ukraina urushini to’xtatishga so’z berdi.

Kalning aytishicha, bu AQSh tarixida eng muhim debat bo’lishi mumkin.

Bir yarim soatlik tadbir Atlanta shahrida CNN studiyasida o’tkaziladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG