Breaking News

Bayden va Trampning immigratsiyaga doir siyosati


AQShda prezidentlikka asosiy da’vogarlar Jo Bayden va Donald Tramp immigratsiya masalasida turlicha qarashlarga ega. Ular bu mavzuda birinchi teledebatda bahslashishga ulgurdi.

Xalqaro hayot - 8-iyul, 2024-yil - Fransiya saylovida so'lchilar g'olib
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:42 0:00

Tramp prezidentlikka kelishi bilan minglab migrantlarni deportatsiya qilishga buyurishini aytdi. Bayden esa siyosiy boshpanaga da’vogarlar arizalarini cheklashni buyurish bilan bir paytda Amerika fuqarolari bilan turmush qurgan hujjatsiz muhojirlarning ayrimlariga doimiy yashash uchun hujjatni AQShni tark etmay topshirishga ruxsat berdi.

“Bu insonlar oila qurib, 10 va undan ko’p yildan beri soliq to’lashyapti, mamlakatimiz rivojiga hissa qo’shishyapti, farzandlari cherkov va maktabga qatnayapti”, - dedi Bayden.

Bundan oldin esa Amerika rahbari Meksika bilan chegaradan noqonuniy o’tayotgan migrantlar soni kuniga 2500 odamga yetsa, ularning siyosiy boshpana uchun arizalari qabul qilinmasligi haqida e’lon qildi.

"Chegarada yoki immigratsiya masalasida siyosiy o’yinlardan yiroqman. Niyatim muammoni hal qilish”, - dedi Bayden.

Inson savdosi jabrdiydalari, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj migrantlar hamda chegaradan ota-onasiz o’tayotgan bolalar Oq uy cheklovlaridan istisno.

“Bayden immigratsiya siyosatini yaxshi niyat bilan boshlagan edi, immigratsiyani yoqlayotgandek edi. Ammo saylov yaqinlashgani sari bu masalada turli tarafdan bosimlar kuchayib, Bayden ularga javob berish uchun yon berayotgan ko’rinadi”, - deydi Jorj Vashington universiteti dotsenti Elizabet Vakera.

Tramp Baydenning fuqarolar turmush o’rtoqlari uchun rejasini qoralab, uni “Amerika demokratiyasiga to’g’ridan-to’g’ri hujum” deb atadi.

"Qayta saylanishim bilan Oq uyda birinchi kunimdayoq Jo Baydenning noqonuniy amnistiya rejasini yo’q qilaman”, - dedi u.

Tramp keng qamrovli deportatsiyalar va’da qilmoqda.

“Ilojimiz yo’q. Inauguratsiyadan keyin zudlik bilan Amerika tarixida eng yirik deportatsiyani boshlaymiz. Boshqa ilojimiz yo’q, chunki buni jilovlab bo’lmayapti”, - dedi u.

“Tramp millionlab odamlarni deportatsiya qilish, bu ishga Milliy gvardiyani jalb qilish, deportatsiyaga mahkum odamlar uchun lagerlar tashkil etish haqida gapirmoqda. Tan olishimiz kerakki, AQShda bu ishlarni qilishga salohiyat va imkon yo’q”, - deydi Vakera.

Amerikaliklar immigratsiya masalasida keskin bo’lingan. Tramp tarafdorlarining 60 foizidan ko’pi hujjatsiz muhojirlarni deportatsiya qilish rejasini qo’llab-quvvatlaydi.

“Pyu” tadqiqot markazi o’tkazgan so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, demokrat va demokratlarga xayrixoh saylovchilarning 16 foizi ham hujjatsiz muhojirlarning mamlakatda qolishini istamaydi. Bu 2020-yilga qaraganda 7 foizga ko’p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG