Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Biznes, xavfsizlik, migrantlar


AQSh-O'zbekiston: Biznes, xavfsizlik, migrantlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:42 0:00

O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqov bilan muloqot asosan siyosiy va iqtisodiy aloqalar xususida bo'ldi. O'zbekiston va AQSh xavfsizlik sohasida va Afg'oniston bo'yicha hozir qanchalik hamkor? AQShga kirishga intilayotgan o'zbekistonlik migrantlar yuzasidan Toshkent va Vashington qanchalik ishlayapti?

Amerika poytaxtida Markaziy Osiyo bilan bog'liq masalalar muntazam ravishda muhokama qilinadigan aql markazlaridan birida kechgan muloqotda, O'zbekiston elchisi Furqat Sidiqov ikki davlat orasidagi bugungi aloqalarni bag'oyat mustahkam va umidbaxsh ruhda, deya tasvirladi. Sidiqov AQShga elchi bo'lib kelganiga bir yildan oshdi. Undan oldin Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari, shuningdek, O'zbekistonning Pokistondagi elchisi bo'lgan.

Diplomat Vashingtondagi elchixonada ikki bor xizmat qilgan, elchi o'rinbosari va attashe sifatida. Bu 10 yillik tajribaga tayanib ham u o'zini bu yerda begona hisoblamaydi. Kaspiy siyosat markazidagi savol-javob asosan siyosiy va iqtisodiy aloqalarga qaratildi. Oq uy sobiq rasmiysi, uzoq yillar mintaqa hukumatlari bilan ishlagan Erik Rudenshiold muloqotni olib borar ekan, urg'uni O'zbekistonning prioritetlariga berdi, xususan Toshkentning AQSh Kongressi bilan aloqalariga. Bundan maqsad nima?

O'zbekiston va AQSh xavfsizlik sohasida va Afg'oniston bo'yicha hozir qanchalik hamkor?

AQShga kirishga intilayotgan o'zbekistonlik migrantlar masalasida Toshkent va Vashington qanchalik ishlayapti?

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG