Breaking News

Ukraina urushi - Bayden-Tramp teledebatida muhokama qilinadigan mavzu


Odessa, Ukraina. Rossiya hujumidan so'ng
Odessa, Ukraina. Rossiya hujumidan so'ng

27-iyun kuni AQShda prezidentlikka asosiy nomzodlar Jo Bayden va Donald Tramp ishtirokida bo’ladigan teledebatda Ukrainadagi urush va Amerikaning ushbu mojaroga aralashuvi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 25-iyun, 2024-yil - Isroilda G'azo kelajagi bo'yicha reja bormi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:06 0:00

Ma’lumki, Bayden Kiyevni qo’llab-quvvatlash niyatida qat’iy, Tramp esa urushni tezroq tugatish tarafdori.

Bayden urush tugashi uchun Rossiya qo’shinlarini Ukrainadan chiqarishi kerakligini yoki Kiyev g’alaba qozonishi kerakligini aytadi. Tramp esa Ukraina hududlaridan voz kechish hisobiga bo’lsa ham Rossiya bilan tezroq kelishishga da’vat etadi.

"Tramp muloqot va muzokara haqida, Putin va Zelenskiyni muzokaraga undashi haqida gapirdi, biroq tinchlik bitimi qanday shaklda bo’lishini aniqlashtirgani yo’q”, - deydi Texasdagi Beylor universiteti dotsenti Sergey Kudeliya.

Tramp Ukrainaga yordamni grant emas, kredit ko’rinishida ajratishni taklif etadi.

“Buni sovg’adan ko’ra qarz sifatida berish haqida o’ylanyapmiz. Milliardlab dollarni hadya tariqasida tarqatib bo’ldik”, - deydi Tramp.

Sobiq prezident nazarida, Ukrainaga yordamning katta qismini Yevropa berishi kerak. AQShning Ukraina va O’zbekistondagi sobiq elchisi Jon Xerbstning taxmin qilishicha, Tramp prezidentlikka saylansa, Rossiya-Ukraina urushida mag’lub bo’lishni istamaydi.

"Tramp o’zini qudratli deb biladi va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashni istamaydi. Rossiyaning Ukrainadagi g’alabasi bu ma’noda u uchun muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi”, - deydi Vashingtondagi “Atlantika kengashi”ning katta ilmiy xodimi.

Respublikachilar partiyasida Ukraina urushi bo’yicha fikrlar bo’lingan. Ayrim qonunchilar uni Amerika xavfsizligi uchun muhim deb bilsa, boshqalar nazarida, urush AQSh soliq to’lovchilariga qimmatga tushmoqda va xalqni muhimroq muammolardan chalg’itmoqda.

Urush boshidan beri Amerika yetakchiligidagi g’arbiy koalitsiya Ukrainaga 175 milliard dollarlik yordam ko’rsatgan. Bayden bu mamlakatni urush oxirigacha qo’llab-quvvatlash ahdida qat’iy.

"Agar Ukrainadan yuz o’giradgan bo’lsak, uni xavf ostiga qo’ygan bo’lamiz, Yevropani xavf ostiga qo’ygan bo’lamiz, erkin dunyoni xavf ostiga qo’ygan bo’lamiz. Shunda boshqalar ham bizga putur yetkazishga jasoratlanadi”, - deydi Bayden.

AQSh prezidenti Ukrainaga Rossiya ichkarisiga zarba berishga qo’yilgan cheklovni qisman bekor qildi. Amerika katolik universiteti professori Maykl Kimmajning taxmin qilishicha, Bayden ikkinchi muddatga saylansa, Rossiyaga iqtisodiy bosim kuchayadi.

"Oq uy tashqi siyosatni saylovga qarab qo’pol belgilayapti deb bo’lmaydi, ammo chegara va cheklovlar bor, albatta. Biroq ikkinchi prezidentlik muddatida Bayden 2028-yilda qayta saylanish haqida qayg’urishga majbur bo’lmaydi, bu esa unga ancha erkinroq siyosat yuritish imkonini beradi”, - deydi siyosatshunos.

Ukraina masalasida Tramp Moskva bilan aloqalarni yaxshilash tarafdori, Bayden esa Rossiyani yakkalash siyosatini olib borishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG