Jurnalistlar hamisha nishonda. Dunyo bo’ylab bu kasb eng xavfli sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Jurnalistlarni ishi uchun qamash, ularga hujum qilish, ularni qo’rqitish, o’g’irlash, haydash yoki o’ldirish hollari kuzatiladi. Har yili o’nlab jurnalistlar faoliyati deb yo’q qilinadi. Ba’zilarining ovozi o’chiriladi, ba’zilari esa halok bo’ladi. AQSh shu kunlarda qamoqda o’tirgan jurnalistlarga e'tibor qaratib, hukumatlarni adolatni ta'minlashga chaqirmoqda, xususan O’zbekistonda.
Jurnalist Muhammad Bekjon 1999-yildan beri qamoqda. Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasiga ko’ra, u dunyoda eng uzoq vaqtdan beri panjara ortida o’tirgan matbuotchilardan.
15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bekjon 2012-yilda noaniq jinoyatlarda ayblanib, yana besh yillik qamoqqa mahkum etilgan.
Muhammad Bekjon qattiq kasal. Maxsus tibbiy muolajaga muhtoj.
Qo’shma Shtatlar O’zbekiston hukumatini xalqaro ekspertlarni qamoqxonalarga kiritishga, mahbuslarga zarur yordam ko’rsatishga, barcha fuqarolar uchun adolatni ta’minlab, qamoqdagilarga oilalari bilan aloqa qilishga ruxsat berishga chaqiradi.
Daglas Frantz, AQSh Davlat kotibi muovini:
“Muxolif fikrdagilarni yo’q qilish, jurnalistlarni qamash, ijtimoiy tarmoqlarga to’siq qo’yish yoki undan-da keskin choralar ko’rish hukumat kuchli emas, aksincha qanchalik zaif ekanidan dalolatdir.”