Yangi ma’muriyat ularning maqomini qayta ko’rib chiqgunga qadar harbiy ayollar va erkaklarga uch oyga vaqtincha kartochkalar berildi, jinoyat sodir etimaganlar normal hayotga qaytishi haqida aytilmoqda.
Damashq, Tartus, Latakiyada o’q-dori omborlari, ilmiy markazlar, havo mudofaasi tizimlari, raketalar, harbiy texnika, harbiy kemalarga zarbalar berildi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken payshanba kuni Iordaniyaga bordi, juma kuni esa Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri va prezidenti bilan ko’rishdi, Iroqda bo’ldi.
Biden ma'muriyati Assadning hokimiyatdan ag'darilishi ortidan isyonchi guruhlar bilan aloqada ekanligini va yangi hukumat tuzish jarayoni suriyaliklar tomonidan boshqarilishini istashini ma'lum qildi.
“Liviyada nimalar bo’layotganiga qarang. Iroqqa qarang. Falokat u yerda. Suriyada ham shunday bo’lmasin, har xil guruhlar o’zaro urushmasin deb umid qilaman”, - deydi u.
Suriyadagi urushga doir ijtimoiy tarmoqda tarqagan lavhalardan birida o`zbek blogeri Damashqdagi masjidda isyonchilar yetakchisi Al-Jo’laniyning kutib olinishini bevosita yoritib bordi.
Bashar Assad tuzumining ag’darilishi uni qo’llab-quvvatlab kelgan Eron va Rossiyaga jiddiy zarba ekani aytilmoqda. Turkiya bilan Isroil esa hozircha bundan manfaat ko'ryapti.
Bo’lajak hukumatga barcha siyosiy guruhlar vakillari taklif etilib, Suriyani tark etgan qochqinlar vataniga qaytadimi yoki hokimiyat uchun kurash boshlanib, fuqarolar urushi yangidan avj oladimi?
Hisobot tashkilot mtaxassislarining oylab davomida o’tkazgan tadqiqoti va tergovi, guvohlar bilan ko’plab suhbatlari, dalillarning raqamli va vizual tahlili, Isroil rasmiylari va harbiylarining bayonotlari asosida tayyorlangan.
Rossiya, Turkiya va Eron “Ostona jarayoni” formati doirasida Suriya bo’yicha o’tmishda hamkorlik qilgan. Hozir ham ushbu format jonlanib, tomonlar mojaroga diplomatik yechim topishga harakat qilishi mumkin.
Kuzatuvchilar Suriyada isyonchilarning bir qismini nazorat qilayotgan Turkiya hozirgi sharoitda ayrim strategik maqsadlariga intilayotganini aytadi.
Suriyada AQSh terrorchi deb e’tirof etgan “Hayot Tahrir ash-Sham” islomiy guruhining jangarilari shimolda Halabni egallashi ketidan janubiy hududlarga ham yurish boshladi.
Ko'proq...