AQShning mintaqaga qiziqishining asosiy sababi boy tabiiy zaxiralar, mudofaa maqsadida ishlatiladigan qimmatbaho minerallar, deb yozadi "Eurasianet".
Mansuri Manuchehriy "Islomiy davlat" va "Islomiy davlat - Xuroson" terror guruhlariga moddiy yordam berganlik va boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
"Ozodlik uyi" hisobicha, O'zbekistonda erkinlik darajasi Rossiyadagi bilan teng, ya'ni 100 dan 12 ballda. Qozog'istonda 23, Qirg'izistonda 26, Tojikistonda 5, Turkmanistonda esa 1.
21-fevral kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio respublika bosh diplomati Baxtiyor Saidov bilan telefonlashgan. Vazirlik bu muloqotni "samimiy va samarali suhbat", deya ta'riflagan.
Prezident Donald Tramp AQSh Ukrainaga shu kungacha 350 milliard dollarga teng yordam bergan, deya da'vosi Pentagon va boshqa organlar bergan raqamlarga to'g'ri kelmaydi. Kongress bu davlatga harbiy va noharbiy ko'mak ko'rsatish uchun qariyb 183 milliard dollar ajratgan.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Amerikadan o'tgan kuni Panamaga chiqarib yuborilganlar ichida respublika fuqarolari ham bo'lgani haqida Toshkentning xabari yo'q, ammo Mirziyoyev ma'muriyati deportatsiya masalasida Vashington bilan hamkorlik qiladi.
Ekspertlar faoliyati to’xtatilgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligini (USAID) dunyo bo’ylab AQSh qadriyatlari, insonparvarlik tamoyillarini olg’a surib kelgan tayanch tashkilotlardan biri sifatida qayd etishadi.
Markaziy Osiyo bo'ylab yashaydigan 82 milliondan oshiq aholi, Amerika ekspertlariga ko'ra, yaqin kelajakda iqlimdagi salbiy o'zgarishlar, infratuzilma bilan bog'liq muammolar, zaif nazorat va egri taqsimot sabab ob-hayot borasida o'ta murakkab ahvolda qolishi mumkin.
Amerika tashqi yordami muzlatilgan, nima uchun? AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining kelajagi bormi? Vashingtondagi qizg'in jarayonlar muhokamasi. Toshkentdan UzReport TV, Vashingtondan "Amerika Ovozi".
BMT Xavfsizlik kengashi Afg’onistondan terror tahdidi oshmoqda, deya xavotir bilganidan bir kun o’tib, 11-fevralda Qunduzdagi xurujda bir necha kishi, jumladan Tolibon qo’mondonlaridan biri halok bo`lgan.
8-fevral kuni AQSh poytaxtida o'zbek navolari yangradi. Kennedi san'at saroyidagi konsert - O'zbekiston elchixonasi tashabbusi. Milliy va mumtoz musiqiy dasturni Toshkentdan kelgan 12 a'zolik guruh taqdim etdi. O'tgan chorak asr mobaynida respublikadan hech kim Kennedi sahnasiga chiqmagan edi.
Iqlim va atrof-muhitdagi va ayniqsa suv bilan bog'liq muammolar real, deyiladi tahlilnomada, ularni biror davlat, qanchalik o'ziga ishonmasin yoki o'zboshimcha bo'lmasin, yolg'iz hal eta olmaydi.
Ko'proq...