Breaking News

G'azoni nimalar kutmoqda?


Bugungi G'azo shahri
Bugungi G'azo shahri

XAMAS garovdagilarni ozod etishni kechiktirishi, AQSh rahbari Donald Tramp sulhni bekor qilishi haqida gap ochganidan beri g’azoliklar urush qayta boshlanishidan xavotirda.

“Urushdan to’ydik, endi o’limga ham rozimiz”, - deydi g’azolik Samiya Jamol.

11-fevral kuni Iordaniya qirolini Oq uyda qabul qilar ekan, Tramp G’azoga egalik qilish da’vosini takrorladi.

Xalqaro hayot - 12-fevral, 2025 - G'azo, Hindiston, AQSh
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:14 0:00

“Sektor go’zal maskanga aylanadi. Falastinliklarga manzur bo’ladi. Ko’chmas mulk bilan ishlagan odamman. Qurilishlar ularga yoqishi tayin”, - deydi Tramp.

Falastinliklar, Iordaniya, Misr va qator mamlakatlar Trampning 2 million g’azolikni boshqa mamlakatlarga majburiy ko’chirish rejasini bir ovozdan rad etmoqda.

Iordaniya qiroli Abdulla saraton va boshqa kasalliklarga chalingan 2 ming g’azolik bolalarni zudlik bilan qabul qilishga roziligini bildirdi. Biroq

Trampning rejasini to’liq qabul qilishdan tiyildi.

“Misr va arab mamlakatlari rejasi borligini unutmaylik. Valiahd Muhammad bin Salmon muzokara uchun Riyodga taklif etmoqda. Ustuvor maqsad – barcha tomonlarga manfaatli yechimni topish”, - dedi qirol.

Iordaniya tashqi yordamdan umidvor ekan, qirol Abdulla uchun AQShday ittifoqchi bilan bahslashish og’ir kechmoqda.

Avvaliga yordamni uzish haqida gapirgan Tramp keyin gapidan qaytdi.

Iordaniyada ko’plab falastinlik qochqinlarning avlodlari yashaydi. Agar qirol Tramp rejasini qo’llab-quvvatlasa, mamlakat jiddiy siyosiy va iqtisodiy muammolar girdobida qolishi, XAMAS Iordaniyaga o’rnashib olishi mumkin, deydi Vashington Yaqin Sharq instituti vakili G’ayt al-Umariy.

“XAMAS nafaqat mahalliy masshtabda, balki Iordaniyada Isroilga hujum zonasini yaratishi mumkin. Bu Iordaniya barqarorligiga, ehtimol, uning saqlanib qolishiga ham jiddiy tahdid bo’lishi kutiladi”, - deydi olim.

Al-Umariyning aytishicha, Trampning sektorga egalik da’vosi XAMASni sulhni davom ettirishdan sovitmoqda. Isroilni sulh shartlarini buzganlikda ayblagan XAMAS garovdagilarni ozod etishni kechiktirishi mumkinligini bildirgan edi.

Tramp va Isroil bosh vaziri ham shunga mos shart bilan chiqdi.

“Bir ovozdan berilgan qaror shunday: XAMAS shanba kuni tushgacha garovdagilarning barchasini ozod etmasa, otashkesim tugatiladi, XAMAS to’liq yo’q qilinmaguncha jang bo’ladi”, - dedi Netanyaxu.

Trampning aytishicha, Isroil urushdan keyin G’azoni AQShga topshiradi.

“Biz G’azoni sotib olmaymiz. Unga egalik qilamiz. Sektorda tinchlik o’rnatamiz, uyerda biror muammo bo’lmaydi. Bunga hech kim e’tiroz bildira olmaydi”, - dedi AQSh rahbari.

G’azoliklar esa bunga aslo rozi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG