Breaking News

G'azo sektorida Isroil havo hujumlaridan o'lganlar soni 120 dan oshdi


Islomiy jihod harakati a'zosi Muhammad Sovelimning jasadi olib ketilmoqda, G'azo sektori, 12-iyul, 2014
Islomiy jihod harakati a'zosi Muhammad Sovelimning jasadi olib ketilmoqda, G'azo sektori, 12-iyul, 2014

Besh kundirki, G’azo sektori Isroil havo hujumlari ostida. Yahudiy davlat bu operatsiyani HAMASning tinimsiz raketa xurujlariga javob deya izohlamoqda.

120 dan oshiq arab halok bo’lgan. HAMAS va boshqa jangari kuchlar 700 ga yaqin raketa otgan. Lekin Isroilda o’lganlar yo’q. Sabab – AQSh yordami bilan o’rnatilgan raketaga qarshi mudofaa tizimi. “Temir gumbaz” deb ataladi u.

Isroil G’azodagi 1000 dan oshiq obyektni o’qqa tutgan. U yerda HAMAS a’zolari yashiringan, deydi rasmiylar. Ammo o’lganlar begunoh falastinliklar, yoshlar, ayollar va go’daklar, deya bildirmoqda G’azodagi manbalar. Masalan masjidlarba bomba tashlangan. Isroil u yer aslida qurol zaxirasi desa, Falastin tomon bu yolg’on deydi.

BMT Isroilni xalqaro qonunlarni buzganlikda aybmoqda. Buni isbotlovchi dalillar serob, deya bildiradi Navi Pillay, Inson huquqlari komissari.

AQSh murosa yo’lini izlab, tomonlarni qurolli hujumlarni to’xtatishga undamoqda. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netyanyaxu deydiki, uning davlati o’zini himoya qilishda hech kimning maslahatiga zor emas. Bosim ham o’tkaza olishmaydi, deydi u, hujumlarni to’xtat degan chaqiriqlarga javoban.

Livanda ham Isroilga raketalar otilgan va javob berilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG