Breaking News

Afg'onistonda prezident uchun berilgan ovozlar elakdan o'tkaziladi


Ashraf G'ani (chapda) va Abdulla Abdulla, Kobul, 5-iyul, 2014
Ashraf G'ani (chapda) va Abdulla Abdulla, Kobul, 5-iyul, 2014

Qandahorda bugun Tolibon bomba hujumidan sakkiz kishi o’lgan, jumladan to’rt ayol. Ikki go’dak jarohatlangan.

Pokistonda esa jangarilar uch askarni o’qqa tutgan. Hammasi halok bo’lgan. Islomobod pozitsiyasi shuki, bu toliblar Afg’onistondan kirgan.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri ikki kun mobaynida Kobulda prezidentlikka da’vogarlar Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani bilan muzokara olib bordi.

Har ikki nomzod o’zini g’olib deb biladi. Saylov natijalariga ko’ra, Ashraf G’ani ko’p ovoz olgan lekin Abdulla Abdulla soxta ovozlar berilgan deya hisobni tan olmayapti.

Bugun shuningdek Kerri prezident Hamid Karzay bilan muloqot qilib, Vashington maqsadlari xususida gaplashmoqda.

AQSh bosh diplomati afg’onlarni saylov natijalarini aniqlashtirishda sabr-toqatli va xolis bo’lishga undamoqda. Jarayonda BMTga tayanishni maslahat bermoqda.

Ashraf G’ani BMT hisoblarni qayta ko’rib chiqishiga rozi. Abdulla Abdulla esa undan-da chuqurroq tekshiruv talab qilmoqda. Har bir ovoz elakdan o'tkazilishiga kelishib olingan.

Markaziy saylov komissiyasi tahliliga ko’ra, Ashraf G’ani Abdulla Abdullaga qaraganda 1 million ko’p ovoz olgan. Komissiya yakuniy hisobot iyul oyi oxirida chiqadi deya bildirmoqda.

BMT kelasi ikki hafta davomida 3,5 million ovozni ko’rib chiqadi. 8050 saylov markazida bo’ladi.

AQSh ham, BMT ham betaraf ekanini bayon qilib, nomzodlardan masalani tinch yo’l bilan hal etishni so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG