Pokiston poytaxti Islomobod ko’chalari minglab namoyishchilarga to’la. Omma Navoz Sharif bosh vazirlikdan ketsin deya shart qo’ymoqda.
Namoyishlarga islomiy muxolifat liderlari Imron Xon va taniqli ulamo Tohir ul-Qodiriy boshchilik qilmoqda. Ular Navoz Sharifni yulg’ichlikda, u rahbarligidagi tuzumni o’g’rilikda ayblaydi. Hukumatga ham shu yo’l bilan kelishdi, deydi Imron Xon.
Haloyiq Navoz Sharif bosh vazirlik kursini bo’shatmaguncha hech qayerga ketmoqchi emas. Yangi saylovlar o’tib, yangi rahbar saylash kerak, deydi Qodiriy.
Kechagi to’polonda mashinalar o’qqa tutilgan. Odamlar yaralangan.
Islomobodda tinchlik saqlash uchun 25 ming zobit safarbar etilgan. Mobil aloqa va internet uzilgan. Norozilik chiqishlari ancha oldin boshlangan. Shu kungacha o’nlab odamlar halok bo’ldi. Navoz Sharif pinagini buzmayapti.