Falastinlik ekani gumon qilinayotgan, bolta va pichoqlar bilan qurollangan ikki noma'lum shaxs 18-noyabr kuni Quddusdagi sinagogaga bostirib kirib, besh kishini o'ldirgan. Uch nafari amerikalik, biri britaniyalik ruhoniylar. Bir mahalliy politsiyachi ham o'lgan. Hujum uyushtirgan shaxslar politsiya o'qidan halok bo'lgan.