Pokistonning Sind viloyatida shia masjidi portlatilib, 50 dan oshiq odam o'lgan. Voqea juma namozi paytida ro'y bergan. Jundulloh nomli sunniy jangarilar to'dasi bu hujumni uyushtirganini tan olib, shialarni yo'q qilishga bel bog'laganini eslatmoqda.