Breaking News

AQSh Yevropaga: Gulnora Karimovaga aloqador 1 milliard dollarni musodara qiling


AQSh prokurorlarining aytishicha, tergov markazida O'zbekiston rahbarining qizi Gulnova Karimova turadi. U jahon bo'ylab har xil hisoblarda saqlanayotgan 1 milliard dollar poraning sohibasi ekani aytiladi, deydi Amerika tergovchilari.
AQSh prokurorlarining aytishicha, tergov markazida O'zbekiston rahbarining qizi Gulnova Karimova turadi. U jahon bo'ylab har xil hisoblarda saqlanayotgan 1 milliard dollar poraning sohibasi ekani aytiladi, deydi Amerika tergovchilari.

AQSh Yevropa davlatlaridan Gulnora Karimova bilan aloqalar uch global telekom firmalariga qarashli 1 milliard dollar pulni musodara qilishni so'ramoqda.

Sud hujjatlari va mazkur jinoiy tergov bilan tanish shaxslarning aytishicha, nihoyatda yirik korrupsiya ishi bu.

AQSh Adliya vazirligining gumon qilishicha, Amsterdamda asoslangan Vimpelcom, Rossiyadagi MTS va Shvetsiyadagi TeliaSonera kompaniyalari Karimova nazoratidagi bizneslarga yuz millionlab dollar pul bergan va shu bilan O'zbekiston telefon bozoriga kirgan.

AQSh va Yevropadagi bu tergovlar yuzasidan biror shaxs yoki kompaniyaga ayblov qo'yilmagan. Vimpelkom va MTS Amerikada ham biznes qiladi.

Tergov markazida O'zbekiston rahbarining qizi Gulnova Karimova turibdi.

U jahon bo'ylab har xil hisoblarda saqlanayotgan 1 milliard dollar poraning egasi ekani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG