Breaking News

Afg'onistondagi o'zbeklar Islom Karimov xizmatlaridan minnatdor


Qo'shni yurtdan hamdardlik, tilaklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Muhammad Yusuf Salomo’g’li, afg'onistonlik o'zbeklardan

Afg’onlar O’zbekiston xalqiga hamdardlik bildirmoqda.

Prezident Ashraf G’ani Islom Karimovning janoza marosimida qatnashdi. Samarqandda so’zlagan G’ani O’zbekiston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etgan.

Ashraf G’ani so’zlariga ko’ra, Karimov og’ir sharoitda xalqining xizmatida bo’ldi, mamlakat rivoji uchun tinmay ishladi.

Afg’oniston o’zbeklari, xususan siyosatchilar va ziyolilar nazarida Karimov yurti uchun turib bergan lider.

Internet, xususan ijtimoiy tarmoqlarda odamlar Karimovni o’zbek sodiq farzandi deydi, uning vafotini katta yo’qotish deb hisoblaydi.

Islom Karimovning vafoti faqat O’zbekiston xalqi uchun emas, butun dunyo o’zbeklari uchun katta yo’qotish bo’ldi. Karimov 27 yil prezidentlik qildi. Har kim ham buncha uzoq muddatga qadar prezidentlik lavozimida qolishga muyassar bo’lmaydi. Albatta yaxshi inson ekan, shu uchun shuncha muddat o’zbeklarni rahbarlik qilgan. Joylari jannatdan bo’lsin, qolganlarida sabr tilaymiz,- deydi Farisha ismli o'zbek qizi.

O’zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri. Biz buning orqasida Islom Karimov mehnatlari turganiga ishonamiz. Hech bir inson abadiy tirik qolmaydi. Muhimi shuki, har o’zidan ma'naviy iz qoldirishi kerak. Karimov janoblari shunday insonlardan biri bo’lgan”,- deydi Oysha ismli yana bir afg'on o'zbek ayoli.

O’zbekiston Vazirlar mahkamasi va Oliy majlisining Prezident Islom Karimov vafoti haqida e’lon qilarkan, biz qayg’uga cho’mdik. Afg’on xalqi O’zbekiston xalqi va hukumatidan minnatdor. Tolibon Afg’onistonga bostirib kirganida, Karimov Afg’oniston o’zbeklariga boshpana bergan. Biz buni hech qachon unutmaymiz,- deydi Muhammad Yusuf Salomo’g’li degan yana bir o’zbek.

Islom Karimov O’zbekistonda deyarli barcha sohalarda unumli ish bajargan. Karimov rahbarligidagi O’zbekiston afg’on xalqiga ham yordam bergan. Qayta qurish, savdo aloqalariga e’tibor bergan. O’zbekiston Pokiston yoki boshqa o'lkalar kabi Afg’oniston zarariga ishlamagan. Yaqin va samimiy do’st bo’lgan. O’zbekiston olib borayotgan qayta qurish va obodonlashtirish ishlari davom etishini orzu qilaman”,- deydi Abdumalik Rahmoniy, Shibirg'onda "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbeklardan.

O'zbekiston va Karimov Afg'oniston yoshlari nazarida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:05 0:00

XS
SM
MD
LG