Islom hamkorlik tashkilotida AQShning maxsus elchisi Arsalan Sulaymon 17-22 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
U Toshkentda bu organga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda maxsus elchi yuqori lavozimli rasmiylar va diniy yetakchilar bilan ham uchrashadi.
Shuningdek, u Toshkent Islom universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan ham ko‘rishadi.
Poytaxtdan tashqari Sulaymon Samarqand va Buxoroga ham borib, O'zbekistonning madaniy va diniy merosi bilan tanishadi.
1967-yilda tuzilgan Islom hamkorlik tashkilotiga 57 davlat a'zo, shu jumlanda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari.
Organning maqsadi - dunyo bo'ylab hamkorlikda tinchlikni targ'ib qilish va musulmonlarning manfaatlarini himoya qilish.