Breaking News

Musul ahli urushdan qochib qayga borsin?


Qochqinlar soni kun sayin ko'p
Qochqinlar soni kun sayin ko'p

Iroq armiyasi Musulni egallash arafasida, deydi Bosh vazir Haydar al-Abadiy. Shahar ikki yildan beri “Islomiy davlat” nazoratida. Janglar davom etar ekan, bir million odam uy-joysiz qolgan, qochqin.

Musul ahli bugun qochqin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Musulda sunniylar, shialar va kurdlar terroristlarga qarshi kurashda. So'nggi kunlarda yuzlab ming aholi shahardan bosh olib ketgan. Lekin urush tugashi bilan ortga qaytish niyatida.

“Odamlar jangarilar ketsa bas deydi. “Islomiy davlat” dan qutulaylik, qolgani bir gap bo’ladi, deyishadi. Terroristlar xalqning qonini ichib yubordi”,- deydi Umar ismli musullik.

Qochqinlar lagerlari to’la. “Islomiy davlat” zulmidan qochgan 30 ming musullik joylashgan manzildamiz.

Ruhan tushkunlikda va qashshoqlikda yashayotganlar talay. Aholi ezilib ketdi, deydi insonparvarlik tashkilotlari xodimlari. Uqubat odamlarning yuzida namoyon.

Janglar tezroq yakunlansa, musulliklar ona shahriga, uy-joyiga qaytib, qayta qurish bilan band bo’ladi. Hayot oz bo’lsa-da, bir maromga tushadi, degan umid keng tarqalgan.

“Harbiy amaliyotlar qanchalik cho’zilsa, odamlar shunchalik qiynaladi, qochqinlar soni shunchalik oshadi. Qish yaqin. Sovuq tushishi bilan oziq-ovqat, ichimlik suvi va boshqa zaruratlar kamayadi. Sharoit og’irlashadi”,- deydi Rizgar Obid ismli mahalliy xizmatchi.

Hozir ham lagerlarda yegulik, toza suv, chodir va ko’rpa-to’shak yetishmayapti. Odamlar haftalab kutishga majbur. Uzoq yo’l bosib lagerga yetib kelgan iroqliklar har kuni yangidan-yangi sinovlar bilan yuzma-yuz.

"Qayga boramiz"? – deya iltijo qiladi qochqinlardan biri. Hukumat va xalqaro hamjamiyatdan yordam juda oz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG