Breaking News

Qizlarni o’qitmaslik qashshoqlikka yetaklaydi


Hindiston
Hindiston

Qizlarni o’qitmaslik qashshoqlikka yetaklaydi. BMT olib borgan yangi izlanishlar bu achchiq haqiqatni yana bir bor isbotlagan. Yosh avlodni bilimli qilish kelajak uchun qilinadigan eng zarur sarmoya, deya eslatmoqda yetakchi mutaxassislar.

Iordaniya poytaxti Ummondamiz. Mahalliy maktab o’quvchilari BMT tadbirida kuylamoqda. Tashkilotning jahon aholisini o’rganuvchi agentligi yangi hisobotini e’lon qildi - jins va ta’lim imkoniyatlari haqida.

Tahlilnomaga ko’ra, dunyoda 10 yoshli qizlar 125 millionni tashkil etadi va ularning 89 foizi rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. 35 millioni jinsiy kamsitish kuchli, qashshoq mamlakatlarda.

“Ayrim jamiyatlarda 10 yoshlilar kelajagi porloq ekaniga ishonadi, chunki ularni quvvatlashadi. Boshqa joylarda esa bu qizlar uchun barcha eshiklar yopiq. Har tarafda cheklov. Qizlarning taqdiri oldindan ma’lum va ularning ko’ngliga hech kim qaramaydi. Bu bolalarning xavfsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari tahdid ostida”, - deydi BMT faoli malika Basma Binti Talal.

Iroq
Iroq

Qashshoqlik sabab bu qizlarni ko’plab mamlakatlarda erta erga berishadi. 10 yoshlilarning 60 milliondan ziyodi maktabga bormaydi. O’g’il bolalarga qaraganda ikki marotaba ko’p ish qiladi. Ularga tekin ishchi kuchi deb qarashadi.

Iroq
Iroq

Har 10 minutda bu qizlardan biri zo’ravonlik qurboni bo’ladi. Yana biri esa xavfli kasallikka chalinadi. Yana biri zo’rlanadi. O’zini o’ldirish hollari ular orasida juda keng tarqalgan.

“Bu qizlar chekayotgan azob-uqubat uchun biz hammamiz javobgarmiz. Har bir ijobiy yoki salbiy qadamimiz bu bolalarning ertangi kuniga ta’sir ko’rsatadi. Ularning taqdirini hal qiladigan omillar bizning qo’limizda. Kelajagi nurli bo’lsin desak, ularga mehr beraylik”, - deydi Binti Talal.

BMT davlatlarni sog’liqni saqlash, ta’lim va taraqqiyot uchun ko’proq mablag’ ajratishga va uni unumli sarflashga chaqirmoqda.

“Qizlaringizga sarmoya qilmasangiz, demak, qashshoqlik uchun zamin hozirlayapsiz. Ularni o’ylamasangiz, demak, kelajak yorug’ emas. Bunga qancha urg’u bersak, shuncha kam”, - deydi BMT vakili Daniel Beyker.

Qizlarga g’amxo’rlik qilmaslik, deydi BMT mutaxassislari, butun aholi va insoniyat istiqbolini o’ylamaslik bilan barobar.

BMT qizlar huquqini himoya qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG