Suriya armiyasi va jangarilar qadim Halabni talashmoqda. Minglab aholi esa qayga borishni bilmaydi. 2012-yildan beri Halab Prezident Bashar al-Assadga qarshi kuchlar qo'lida edi. Hozirda hukumat Rossiya harbiylari yordamida uning katta qismini egallagan.