Tramp: AQSh manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yamiz
Prezident Tramp qasamyod ortidan xalqqa murojaat qildi. U bugungi marosim ortidan hokimiyat xalqqa qaytarilganini aytdi.
"Biz hokimiyatni Vashingtondan olib, odamlarga qaytarib beryapmiz", - dedi u inauguratsiya nutqida.
Tramp bundan buyon har bir qarorni qabul qilishda Amerika xalqi manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishini aytdi. "Endi Amerika birinchi bo'ladi", - dedi u.
Yangi prezident, shuningdek, "radikal islomiy terrorizm"ni yo'q qilishga ham va'da berdi.
"Biz birgalikda Amerikani yana kuchli va buyuk qilamiz", - deya u nutqini yakunladi.
Doland Tramp - AQSh prezidenti
Donald Tramp rasman qasamyod keltirdi. U AQShning 45-prezidenti. Barak Obama sobiq prezidentga aylandi.
Tramp Injilga qo'lini qo'yib, AQSh Oliy sudi raisi Jon Roberts tomonidan qasamyodga keltirildi. Ayni soniyalarda u AQSh prezidenti sifatida xalqqa murojaat qilmoqda.
Mayk Pens vitse-prezident sifatida qasamyod keltirdi
Donald Trampga prezidentlik faoliyatida yordam beruvchi va saylovda u bilan birga ishtirok etgan Mayk Pens vitse-prezident sifatida qasamyod keltirdi.
U Oliy sud sudyasi Klerans Tomas guvohligida, Injil kitobiga qo'lini qo'ygan holda Pens AQSh xalqiga xizmat qilishga qasam ichdi.
Tramp qasamyod keltirishga hozirlanmoqda
Kapitoliy binosi oldida AQSh prezidenti inauguratsiyasining eng muhim qismi boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Bir necha minutdan so'ng Donald Tramp AQShning navbatdagi davlat rahbari sifatida qasamyod keltiradi.
Jarayonni jonli tomosha qiling.