Breaking News

Inauguratsiya ketidan Trampga qarshi namoyishlar

Donald Tramp AQShning 45-prezidenti sifatida qasamod keltirishidan bir kun o'tib Vashington ko'chalari namoyishchilar bilan to'ldi. Voqeani jonli blogimizda kuzatib boring.

AQShda inauguratsiyalar tarixi

Qasamyod marosimi bu davlatning paydo bo'lish tarixiga borib taqaladi. Prezident inauguratsiyasi eski davr tugab, yangi tarixning boshlanishini anglatadi. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham.

1933-yili Franklin Ruzvelt "Buyuk depressiya" davrida hokimiyatga kelgan edi.

"Avvalo, shuni aytib qo'yayki, biz qo'rqadigan yagona narsa bu qo'rquvning o'zidir", - degan edi u.

1961-yili Jon Kennedi amerikaliklarning yangi avlodini vatanparvarlikka undadi.

"Vatan siz uchun nima qilganini emas, siz vatan uchun nima qila olishingizni so'rang", - degan edi u.

Oradan 20 yil o'tib respublikachi Ronald Regan Oq uyga hukumatni isloh qilish va'dasi bilan keldi.

"Hozirgi inqirozda hukumat muammoning yechimi emas. Hukumat muammoning o'zidir", - degan edi u.

Saylovdagi g'alabasi ketidan Donald Tramp g'alaba safarini uyushtirib, bergan va'dalarining ustidan chiqishini yana bir bor ta'kidladi.

Tramp o'z chiqishlarida tayyorgarliksiz gapirishi bilan tanilgan. Inauguratsiyada ham shunday bo'ladimi?

Trampning prezidentlikka kirishish paytida o'qiydigan nutqidan uning qanday rahbar bo'lishini anglash mumkin, deydi ba'zi kuzatuvchilar.

Amerikada inauguratsiyalar tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:29 0:00

Obama va Tramp Oq uyni tark etdi

Prezident Barak Obama va Donald Tramp Oq uyni tark etdi. Ular bir mashinaga chiqib, Kapitoliy binosi sari yo'lga chiqdi. Bu yerda bir soatdan so'ng Donald Tramp AQShning 45-prezidenti sifatida qasamyod keltiradi.

Marosimda Barak Obama va boshqa hayot bo'lgan sobiq prezidentlar, qonunchilar, Oliy sud sudyalari hamda boshqa ko'plab rasmiylar va oddiy fuqarolar ishtirok etadi.

Katta Jorj Bush va uning rafiqasi xastaligi bois marosimda qatnashmayapti.

Tramp qasamyod keltirish uchun Kapitoliyga yetib keldi

Prezident Barak Obama va prezident etib saylangan Donald Tramp birgalikda Kapitoliy binosiga kirdi. Shuningdek, Vitse-prezident Jo Bayden va uning o'rnini egallovchi Mayk Pens hamda ularning turmush o'rtoqlari ham binoga yetib keldi.

Tramp Kapitoliy sahnasida

Prezident Barak Obama, bo'lajak prezident Donald Tramp, hukumat rasmiylari, qonunchilar, sobiq prezidentlar hamda ularing oila a'zolari va boshqa martabali mehmonlar qasamyod marosimi o'tkaziladigan Kapitoliy binosi oldiga chiqdi.

Bir necha daqiqadan so'ng bu Donald Tramp prezidentlikni Obamadan qabul qilib oladi. U qasamyod keltirishi ortidan AQShning 45-prezidentiga aylanadi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG