Los-Anjeles AQShning eng yirik shaharlaridan biri. To’rt millionga yaqin aholiga ega. 25 yil oldin bu yerda oq tanli politsiyachilar qora tanli haydovchini o’ldirgan. Shaharda katta to’polon boshlanib ketgan. Bir necha kun davom etgan g’alayonda ko’plab odamlar jarohat olgan. Irqiy nizo tinishi uchun uzoq vaqt ketgan.
Politsiyachilar qora tanli fuqaroni urgani aks etgan video va bu zobitlarga ayblov qo’yilmagani jamoatchilikni g’azabga to’ldirgan. To’polonlarda 60 dan oshiq kishi halok bo’lgan. 1000 dan ziyod fuqaro jarohatlangan. Shahar 1 milliard dollarga teng moddiy zarar ko’rgan.
“1965-yilda ham shunday voqealar yuz bergan. 27 yil o’tib yana o’sha irqiy kelishmovchiliklar”, - deydi gangster guruhlarga qarshi kurashayotganlardan biri Perri Krauch.
Irqchilik haqiqat ekani aniq edi, lekin videolar qattiq ta’sir qilgan.
“Biz to’polonlarni tinchitishga harakat qilganmiz. Lekin politsiya boshqarmasi bunday sinovlarga tayyor emas edi”, - deydi Fil Tinjiraydes, Los-Anjeles politsiya boshlig’i muovini.
Federal idoralar yordamga kelgan.
“Nahotki, shunday nafrat ichida yashayapmiz deya dahshatga tushganmiz”, - deydi Federal Qidiruv Byurosi agenti Karlos Narro.
Ayrimlar umuman ajablanmagan.
“Tengsizlik va umidsizlik. Bu axir oydek ravshan edi. Tengsizlik jamiyatni zaiflashtiradi. Kamsitishlar, e’tiborsizlik. Umidlik ummonida yashash zulmat degani”, - deydi Tinjiraydes.
Moddiy zararni qoplash uchun ko’p vaqt ketmadi. Lekin politsiya nisbatan ishonchni tiklash, odamlarni murosaga undash va barqarorlikni ta’minlash juda qiyin.
“Maktabni bitirmay egri yo’llarga kirib ketayotgan yoshlar ko’p. Jinoyatchilik darajasi hamon yuqori. Qamalayotganlar talay. Qora tanlilar hamon o’zini kamsitilgan tabaqa deb biladi”, - deydi nodavlat tashkilot vakili Charls Dorsey.
Ishsizlik va jinoyat ko’lami ayrim tumanlarda hali ham keng.
“Avlodma-avlod mana shunday balolarga guvohmiz”, - deydi ruhoniy Dalonte Golston.
Xush xabar shuki, Los-Anjeles ahli vaziyatni tuzatishga bel bog’lagan, yutuqlar ham bor.
“Irqiy zo’ravonliklar oldingidek keng ko’lamda emas”, - deydi maxsus agent Karlos Narro.
Politsiya va jamoatchilik shunday fikrda. Ortga qaytish yo’q.