Breaking News

Afro-amerikaliklar bugun har qachongidan kuchli


AQShda irqchilikka qarshi kurashuvchi milliy liga rahbari Mark Morial deydiki, qora tanli amerikaliklar bugun ancha oyoqqa turib olgan
AQShda irqchilikka qarshi kurashuvchi milliy liga rahbari Mark Morial deydiki, qora tanli amerikaliklar bugun ancha oyoqqa turib olgan

AQShda irqiy tenglik uchun kurashuvchi yetakchi tashkilot nazarida qora tanlilar va ispanzabonlar bu mamlakatda o’tgan bir yil ichida ulkan yutuqlarga erishgan. Iqtisodiy va ta’limiy jihatdan ancha ildamladi, deyiladi yaqinda chiqqan hisobotda.

“Afro-amerikaliklar faqat oldinga intilishi kerak, progressdan boshqa yo’l yo’q”, - deydi Irqiy tenglikni targ’ib qiluvchi milliy liga rahbari Mark Morial.

Uning aytishicha, eng yirik ozchilik qatlam bo’lgan ispanzabonlar bugun katta iqtisodiy kuchga ega.

“Ishsizlar ular orasida kamaygan. Qora tanlilar orasida ham ishli, o’qimishli odamlar bugun har doimgidan ko’p”, - deydi Morial.

Tashkilot o’tgan 10 yildagi vaziyatni tahlil qilar ekan, oq tanlilar hamon boshqalardan oldinda ekanini ta’kidlaydi. Maqsad raqobat emas, deydi Morial, tenglik va adolatni ta’minlash. Qora tanlilar oq tanlilarga qaraganda haliyam nochorroq. Ispanzabonlar bu borada sal oldinda.

Morial fikricha, minimal maoshni ko’tarish kerak.

“Odamlar tinimsiz mehnat qilsa-yu, topgani yetmasa, ularning turmushi yaxshilanmaydi. 10 yil oldin maoshlar barakaliroq edi, degan gapni eshitasiz”, - deydi faol.

Texas shtati
Texas shtati

Morialning tashkiloti nafaqat iqtisodiy darajani, balki salomatlik, ta’lim, ijtimoiy hayotdagi faollik va tenglik ko’lamini ham o’rganadi. Davriy tahlilnomalar taqdim etadi. Adliya tizimi va boshqa jabhalarda afro-amerikaliklar hamon kamsitiladi, qonunlar ularga nisbatan keskinroq qo’llaniladi, deydi Morial.

Qora tanlilarni bilimli va ishli qilish asosiy maqsadlardan biri bo’lib qolmoqda - tenglik tomon yo’l.

“Maktabni bitirayotganlar soni oshgan. Universitetga kirib, bitirib, diplom olayotganlar ko’paygan. Bu – misli ko’rilmagan yutuq, uni boy bermaslik kerak”, - deydi Morial.

Qora tanlilar bugun to'qroq va savodliroq bo'lishi mumkin lekin ular hamon kamsitiladi
Qora tanlilar bugun to'qroq va savodliroq bo'lishi mumkin lekin ular hamon kamsitiladi

Tenglik uchun kurashuvchi tashkilot hisobicha, diniy va etnik nafrat oshgan, xususan musulmonlarga nisbatan.

“Amerika Qo’shma Shtatlaridek davlat madaniy xilma-xillikka asoslangan. Tolerantlik - bebaho qadriyatimiz. Har qanday nafratga qarshi turamiz”, - deydi Morial.

U singari faollar uchun bugun tenglik va adolatni ta’minlash serqirra va yanada mashaqqatli jarayon. Ilm, halollik, adolat va mehr-muruvvat targ’iboti bu.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG