Breaking News

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekistonda bo'ldi


Samarqand, 10-iyun, 2017
Samarqand, 10-iyun, 2017

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekistonga tashrif buyurdi. Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Guterrish O'zbekistonni chorak asrdan ortiq davr mobaynida boshqargan Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Keyin Orolbo'yi hududidagi vaziyat bilan tanishdi. BMT va O'zbekiston hamkorlikni mustahkamlaydi, degan bayonotlar yangradi.

Muloqotda xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, ekologiya, sog'liqni saqlash, ta'lim, mintaqaviy hamkorlik, O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari va inson huquqlari singari masalalar tilga olingan.

Guterrish 9-13 iyun kunlari Markaziy Osiyo bo'ylab safarda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekistonni chorak asrdan ortiq davr mobaynida boshqargan Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, Samarqand, 10-iyun, 2017
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekistonni chorak asrdan ortiq davr mobaynida boshqargan Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, Samarqand, 10-iyun, 2017

Samarqand, 10-iyun, 2017
Samarqand, 10-iyun, 2017

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG