Breaking News
Din

Ro'zada musulmonlar uchun quvvatbaxsh mahsulotlar


Ro'za oyida kuch beradigan yegulik
Ro'za oyida kuch beradigan yegulik

Ramazon oyi issiq davrga to’g’ri kelgani ro’zani albatta yanada qiyinlashtiradi. Kuniga 16-20 soat ro’za tutish hayotiy sinov, deydi musulmonlar. Filadelfiya shahrida musulmon shifokor dindoshlariga yordam berish uchun yangi vosita yaratdi. Uni yegan ro’zador kamroq qiynaladi, deydi bu ruhshunos olim.

Imron Pozner va uning hamkasbi Farid Sanders o’z firmasini ochgan.

“Fajr Foods” degan nomi bor. “Ramazon plitkasi” bilan tanilgan.

“Musulmonlar qiynalmasin, deymiz. Ro’za boshlagan odam oxirigacha tutsin, deymiz. Kun uzun ekan, ko’plab odamlar och yurishga chiday olmayman, deb ro’zani ma’qul ko’rmaydi. Tutayotganlar esa azoblanmasligi kerak. Ro’za hammamiz uchun sinov. Bir-birimizni quvvatlaymiz”,- deydi Imron Pozner.

Quvvatbaxsh mahsulotlar aslida Amerika bozorlarida juda ko'p lekin bunisi aynan musulmonlar uchun ekani uchun qiziqish boshqacha
Quvvatbaxsh mahsulotlar aslida Amerika bozorlarida juda ko'p lekin bunisi aynan musulmonlar uchun ekani uchun qiziqish boshqacha

“Ramazon plitkasi” makkadan tayyorlangan. Hazm bo’lishi uchun ko’proq vaqt kerak. Demak, qorin kamroq ochadi. Odam ozroq charchaydi, deydi uni yaratgan mutaxassislar.

Mahsulot uchun patent olingan. Yil bo’yi sotiladi. Talab ayniqsa ro’zaga yaqin paytda va bu oyda oshadi. Ikki yil oldin bozorga chiqqan. Xaridorlar orasida musulmon bo’lmaganlar juda ko’p.

“Odamga quvvat beradigan mahsulotga yo’q deydiganlar kam. O’tirib ovqatlanishga vaqt topolmasangiz, plitkani yeysiz. To’q yurasiz”, - deydi Pozner.

Hozircha “Ramazon plitkasi” faqat shokolad ta’mi bilan ishlab chiqariladi. Yangi turdagilari ustida ish ketmoqda. Mazasi va sifati qattiq tekshiruvdan o’ta olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG