Breaking News

Sayfullo Soipov nimada ayblanmoqda?


Sayfullo Soipovning hujum paytida olingan tasviri
Sayfullo Soipovning hujum paytida olingan tasviri

31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sakkiz kishining hayotiga zomin bo'lgan Sayfullo Soipov bugun federal sudga olib borilgan. Qollari va oyoqlari bog'langan holda va bemor aravachasida.

Unga terrorizm bo'yicha ayblar qo'yilmoqda: terroristlarga moddiy yordam berganlik, qon to'kkanlik va jamoat xavfsizligini buzganlik. Sudda aybdor deb topilsa, bir umrlik qamoq yoki o'lim jazosi bilan yuzlashadi.

Tergovchilar deydiki, Soipov hujumga ikki oy tayyorlanganini tan olgan. Yuk mashinasini ijaraga olib mashq qilgan. Telefonidan o'nlab videolar va suratlar topilgan. Ularda "Islomiy davlat"ning vahshiy ishlari, beshavqat qilmishlari, qiynoqlar va qatllar aks etadi.

Soipov kecha va bugun so'roq qilinganida, bu tasvirlardan ilhom olganini aytgan. Yigit hujumda yaralangan va operatsiya qilingan. Hayoti xavf ostida emas.

O'lgan sakkiz kishidan ikki nafari amerikalik. Qolgani argentinalik, biri belgiyalik.

Federal Qidiruv Byurosiga ko'ra, yana bir kishi qidirilgan va topilgan. U ham o'zbek - Muhammadzoir Qodirov. Bu shaxsdan ma'lumot kerak edi, olindi, deydi agentlar.
Muhammadzoir Qodirov, Sayfullo Soipovning sherigi, bugun Nyu-Yorkda ushlangan
Muhammadzoir Qodirov, Sayfullo Soipovning sherigi, bugun Nyu-Yorkda ushlangan

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG