Breaking News

Sayfullo Soipov o'zini aybsiz deb hisoblaydi


31-oktabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasini peshexodlar ustiga haydab, sakkiz kishini o'ldirganlikda ayblanayotgan o'zbekistonlik Sayfullo Soipov gunohsiz ekanini da'vo qilmoqda.

Amerikaga 2010-yilda grin-karta bilan kelgan Soipov qotillik, 12 kishining hayotiga qasd qilganlik, “Islomiy davlat” jangari to’dasiga moddiy yordam berganlik va zo’ravonlik aybi qo'yilgan edi.

Soipov Manxetten sudida mas'uliyatni tan olmasligini aytgan. Uning advokati jurnalistlar savollariga javob bermadi.

29 yoshli muhojir ijaraga olingan kichik hajmdagi yuk mashinasida shaharning Manxetten rayonida velosiped yo’lagida odamlarni bosgan, so’ng maktab avtobusiga urilib, bolalarga jarohat yetkazgan.

Politsiya o’qidan yaralangan Sayfullo Soipov kasalxonaga yotqizilib, u yerdan sudga olib ketilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG