Breaking News

Yangi yil oldidan AQShda ham yarmarkalar ko'payadi


Yangi yil yarmarkasi
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Flooding is seen at the Hawkesbury River northwest of Sydney in Wisemans Ferry, Australia. More than 40,000 residents have been forced to flee their homes as torrential rain sparked dangerous flash floods in Sydney's western regions.

Poytaxt Vashington markazida Yangi yil yarmarkasi ochilganiga bir oydan oshdi. Hunarmandchilik mahsulotlari sotiladi. Erta tongdan yarim kechagacha ochiq.

Bozor qizigani sari musiqa sadosi ham balandroq yangraydi. Shahar markazida bo’lgani uchun tushlikda yarmarka yanada gavjum.

Deyvid Shindler:

“Vashingtonda kim yashab ishlashini bilmoqchi bo’lsangiz, ular bilan shu yerda tanishasiz. Uyda televizor ko’rib o’tirgandan ko’ra dam olish uchun shu yerga kelgan ma’qul. Musiqa va bozor. Hech yerda yo’q mahsulotlar topasiz bu joydan. Yevropada shunday yarmarkalar ko’p, yoqadi menga”.

Yangi yil oldidan bunday bozorlarni tashkil etish Yevropada azaliy odat, ayniqsa Germaniyada. AQShda dam olish kunlari ko’rasiz bunday bozorni.

Qo’lda ishlangan antiqa narsalarni ustalarning o’zlari sizga sotadi. Mahalliy iqtisodga foyda.

Tom Ral, xaridor:

“Hunarmandlarni va ularning ijodini qadrlash kerak. Ularning muxlislari va mijozlari avvalo mahalliy aholi. Sayyohlar ham ko’p keladi, butun dunyodan. Ishlab chiqaruvchi, savdogar va xaridor – hammasi o’ziga xos odamlar. Mahsulotlarning o’z tarixi bor. Erinmay sizga gapirib berishadi”.

Bu yarmarkada 160 mahalliy hunarmand va tadbirkor o’z mahsulotlarini taklif qilmoqda. Ayrimlari suvenir, ayrimlari esa kundalik hayotda ishlatiladigan ashyolar. Kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, sovun – tez ketadigan mollar, deydi savdogarlar.

“Bozorlar baribir maza, kattami-kichik, farqi yo’q. O’zingizni odamlar orasida his qilish, g’ala-g’ovur ichida bo’lishning o’z gashti bor. Mahsulotlarni tomosha qilishning o’zi bir sarguzasht. Qo’lda ishlangan san’at asarlari, deyman. Noyob”, - deydi Kristal Stebel, xaridor.

Yeguliklar ham serob. Xilma-xil nonlardan tortib, shirinliklargacha. Bozorga borgan odamning qorni tez ochadi. Savdolashgandan keyin miriqib ovqatlangizga keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG