Nyu-Yorkning Kvins tumanida yashovchi Xusan Tursunov Amerikaga uch yil oldin kelgan. Vatandoshlarni birdamlikka undab keladi. Jurnalist va adib.
Amaliy maqsadlar ostida bir yoqadan bosh chiqarib, yurtdoshlarni AQShdagi nufuzini kuchaytiruvchi, ularni bu jamiyatning ajralmas qismiga aylanib, nafaqat bu yurt balki ortda qolgan vatan ravnaqi yo'lida hissa qo'shishida yordam beruvchi tashabbuslarni quvvatlash kerak, deydi u.
Xusan Tursunovning yaqinda ingliz tilida chop etilgan hikoyalar to'plami fantastika janrida bo'lib, "Jannatga darvoza" (The Gateway to Paradise) deb ataladi. Muallif bilan uning xonadonida suhbatlashdik.
Facebook Forum