Breaking News

O'shdagi chegara punktida vaziyat tang - nima uchun?

Qirg’iziston parlamentida O’zbekiston bilan chegarada joylashgan “Dostuk” xalqaro nazorat-o’tkazish punktidagi ahvoldan tashvish bildirildi. Deputat Nodirbek Karimov deydiki, ushbu maskanda ta’magirlik, poraxo’rlik hollari ko’paygan. Bo’lar-bo’lmas sabablar ro’kach qilinib, odamlar soatlab turib qolmoqda.

Izg’irinda go’daklari bilan navbat kutayotgan onalarni ko’rgan deputat Kubanichbek Nurmatov o’tkazish punktida xizmat oynalari sonini ko’paytirishni tavsiya etdi.

O’sh shahri yaqinidagi “Dostuk” o’tkazish punkti o’tgan kuzda to’la ochilgan bo’lib, har kecha-kunduz besh mingdan yetti mingchacha odam o’tayotgani ma’lum.

Ko'proq...

16x9 Image

Muhiddin Zarif

Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG